Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gavaidagi Mauna Loa rasadxonasida 1958-yildan beri stansiya olimlari atmosferadagi karbonat angidrid (CO2) konsentratsiyasini o‘lchamoqda. 1965-yildan beri har yili may oyida sayyorani isituvchi gaz konsentratsiyasi yangi rekordlarni qayd etmoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

2022-yilda CO2 ning o‘rtacha oylik konsentratsiyasi millionda 420,99 qismni (ppm) tashkil etdi. Bir sutkadagi eng yuqori konsentratsiya 421,68 ppm 13-may kuni qayd etilgan. 

Issiqxona gazlari darajasi 64 yil oldin buni o‘lchash boshlangan vaqtga nisbatan 30 foizga ko‘tarilgan.

Atmosferadagi CO2 ning ko'payishi inson faoliyati natijasida chiqadigan chiqindilar bilan bog‘liq. Bu emissiyalar 2021-yilda eng yuqori darajaga yetdi. Atmosferaga 36,3 mlrd tonnaga yaqin CO2 chiqarildi — 2020-yilga nisbatan 6 foizga ko‘p. 

Ko‘pchilik emissiyalar yonish natijasida hosil bo‘ladi. Misol uchun ko‘mir 2020-yilga nisbatan o‘sishga 40 foiz ko‘proq hissa qo‘shgan.

Issiqxona gazlari quyoshdan issiqlikni ushlab, uning koinotga oqib chiqishini oldini olish orqali Yerni izolyatsiya qiladi.

 

Mavzuga doir: Elektromobillar haqiqatan ham havoni kamroq ifloslantiradimi? O‘zbekiston misolida tahlil

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?