Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Finlyandiya va Shvetsiya alyansga a’zo bo‘lishiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga, Stoltenberg Xelsinki va Stokgolmning alyansga qo‘shilishiga e’tiroz bildirayotgan Turkiyaning xavotiri o‘rinli ekanini ta’kidladi.

Yens Stoltenberg

Yens Stoltenberg
Foto: AP Photo

Stoltenbergning bayonoti Finlyandiyada prezident Saul Niinistyo bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

“Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi ittifoqimizning Skandinaviya mintaqasini yanada mustahkamlaydi. Va hozir ushbu hamkorlarimiz NATOga kirish yo‘lidagi keyingi qadamlarni ko‘rib chiqmoqda. Biz barcha ittifoqchilarning xavfsizlik muammolarini, jumladan, Anqaraning KIP (Kurdiston ishchi partiyasi) terror guruhi bilan bog‘liq xavotirlarini hal qilishimiz lozim” — dedi Yens Stoltenberg, NATO bosh kotibi.

Shuningdek, Xelsinki Anqara pozitsiyasini jiddiy qabul qilishini ma’lum qildi.

“Biz bu masala bo‘yicha siz, ittifoq a’zolari va Anqara bilan doimiy aloqani olib borishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Va oxir-oqibat barchani qanoatlantiradigan yechim topishga umid qilamiz” — dedi Saul Niinstiyo, Finlyandiya prezidenti.

Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayoniga to‘sqinlik qilayotgan yagona davlat. Anqara ularni kurd jangarilari va terrorchi deb hisoblagan boshqa guruhlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga boshpana berganlikda ayblamoqda.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi