• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tangri jamoli” yoxud “baxtli maskan”. Tarixi asrlarga tutashuvchi, O‘zbekistonning birinchi poytaxti bo‘lgan afsonaviy Buxoro shahri haqida

    Buxoro shahri nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyodagi eng qadimiy va mashhur shaharlaridan biri. Dastlab islom dini markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan Buxoro, keyinchalik Somoniylar davlati va Buxoro xonligi poytaxtiga aylandi va yanada ko‘proq dovruqqa ega bo‘ldi. Buxoro shahri asrlar davomida o‘zbek davlatchiligi markazi bo‘lib keldi va O‘zbekiston davlatining birinchi poytaxtiga ham bo‘ldi. “Daryo” dunyo shaharlari haqidagi turkum maqolalarini O‘zbekistonning ushbu ulug‘vor shahri bilan boshladi.

    Buxoro — “ibodatxona”

    Buxoro so‘zining kelib chiqishi haqida turli taxminlar mavjud. Eng ko‘p tarqalgan ikki nazariyaning birinchisiga ko‘ra, Buxoro so‘zi sanskrit tilidagi “vihara” — ibodatxona so‘zidan olingan. Tarixchilarning ta’kidlashicha, bu nomga sabab Buxoro shahri qadimda Markaziy Osiyodagi buddaviylik markazlaridan biri bo‘lganidir. Ushbu taxminni o‘sha davrda asosan buddaviylik diniga e’tiqod qilgan uyg‘ur tilidagi ibodatxona ma’nosini bildiruvchi “buxar” so‘zi ham tasdiqlaydi. Movarounnahrga kelgan ilk arab sarkardalaridan biri bo‘lmish Ubaydulloh ibn Ziyod ham Buxoroda budda ibodatxonalari ko‘pligini va bu yer o‘g‘li nomidan ish yurituvchi malika boshqaradigan buddaviy mamlakat ekanini yozib qoldirgan. Bundan tashqari XI asrda yashab o‘tgan mashhur tilshunos Mahmud Qoshg‘ariy ham Buxoro nomi butparastlar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqanini ta’kidlagan.

    Buxoro shahri

    Buxoro shahri
    Foto: “Daryo”

    Buxoro nomi haqidagi ikkinchi taxmin esa sug‘d tili bilan bog‘lanadi. Unga ko‘ra, Buxoro nomi sug‘d tilidagi “buharak” — “baxtli maskan” so‘zidan kelib chiqqan. Buxoro nomi ham ilk bor IV—V asrlardagi sug‘d tangalarida ishlatilgan.

    Xalq orasida esa Buxoro so‘zi “bux” – tangri, “oro”- jamoli so‘zlaridan tashkil topgan degan yana bir versiya mavjud.

    Shahar tarixi

    Buxoro shahri paydo bo‘lish tarixi miloddan avvalgi III-II asrlarga bog‘lanadi. Shahar VI asrdayoq Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Buxoro vohasi haqida qimmatli ma’lumotlar yozilgan Muhammad Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asarida Buxoroning paydo bo‘lishi va bu yerga odamlarning kelib joylashishi quyidagicha ta’riflanadi:

    “Samarqand tomonida bir katta daryo borki, uni “Rudi Mosaf” — “Mosaf daryosi” deb ataydilar. Bu daryoga ko‘p suv yig‘ilgan, u bir talay yerlarni yuvib-o‘pirib, ko‘p loyqalarni surib kelgan va natijada, bu botqoqliklar to‘lib qolgan. Suv ko‘p oqib kela berdi, loyqalarni to Bitik va Farabgacha surib keltira berdi. So‘ng suv (toshib kelishi) to‘xtadi, Buxoro o‘rnashgan joy (asta-sekin) qurib tekis yerga aylandi va shunday qilib, u katta daryo Sug‘d va bu (loyqalar bilan) to‘lgan mavze Buxoro bo‘lib qoldi; har tomondan odamlar yig‘ilib, bu joy obod bo‘ldi. Odamlar Turkiston tomonidan kelar edilar. Bu viloyatda suv va daraxtlar, ov qilinadigan (jonivorlar) ko‘p bo‘lganidan kishilarga bu viloyat xush kelib, shu yerga joylashdilar”.

    Arab xalifaligidan so‘ng Movarounnahrda hukmronlik qilgan Somoniylar saltanati davrida Buxoro ushbu davlatning poytaxtiga aylandi. Shahar poytaxt sifatida har tomonlama rivojlana boshladi. Buxoroning eng qadimiy obidalaridan biri bo‘lmish Ismoil Somoniy maqbarasi va ilk musulmon oliygohi — Farjaak madrasasi ayni shu davrda barpo etiladi.

    Somoniylar davlati

    Somoniylar davlati
    Foto: Wikipedia

    Somoniylardan so‘ng shahar Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Qoraxitoylar va Xorazmshohlar davlati tarkibiga kiradi. XIII asrda Xorazmshohlar imperiyasiga bostirib kirgan Chingizxon Buxoro yurishiga shaxsan o‘zi rahbarlik qiladi va shaharni egallab, yoqib yuboradi. Katta qismi yog‘och imoratlardan iborat bo‘lgan Buxoro bir necha kun olov ichida qoladi va shahar qorayib qolgan tosh binolardan iborat xarobaga aylanadi.

    XIII asrning ikkinchi yarmidan shaharda hayot asta-sekin tiklana boshlaydi. Shu davrda Movarounnahr orqali Xitoyga yo‘l olgan ispaniyalik sayyoh Marko Polo Buxoroga ham tashrif buyuradi hamda Buxoroni “buyuk ulug‘vor shahar” deya ataydi.

    1273-yil Buxoro yana bir bor olov ichida qoladi. Chig‘atoy ulusidagi tartibsizliklardan foydalanib, Movarounnahrga bostirib kirgan Xulokular davlati qo‘shini Buxoroni egallab oladi hamda aholini qirg‘in qilib, shaharni yoqib yuboradi. Ushbu ikki yong‘in natijasida Buxoroga “qubbat ul-islom” nomini olib kelishda katta hissa qo‘shgan juda ko‘p kutubxonalar yonib ketadi.

    Chingiziylarning o‘zaro urushlari butun vohani xarobaga aylantiradi. 1333-yil Buxoroga kelgan arab sayyohi Ibn Battutta Buxoro haqida “bir nechtasini hisobga olmaganda, hozir uning masjidlari, madrasalari va bozorlari vayronaga aylangan” deya yozib qoldiradi. Aynan shu davrda Buxoro islom dinining so‘fiylik markazlaridan biriga ham aylanadi. Bahovuddin Naqshband va Sayfuddin Boharziy kabi so‘fiylik tariqatining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari yetishib chiqishi Buxoroning islom olamidagi mavqeyini yanada oshiradi.

    Buxorodagi Bohovuddin Naqshband ziyoratgohi

    Buxorodagi Bohovuddin Naqshband ziyoratgohi
    Foto: “Daryo”

    Temuriylar davrida ham mamlakatning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Buxoro Temuriylardan so‘ng mintaqa hukmronligiga kelgan Shayboniylar davrida haqiqiy shuhratga erishadi. Shayboniy Ubaydullaxon davrida Shayboniylar davlati poytaxti Samarqanddan Buxoroga ko‘chiriladi va dunyo tarixida Buxoro xonligi deb ataluvchi davlat paydo bo‘ladi. Buxoro to‘rt asrga yaqin (1533-yildan 1920-yilgacha) vaqt davomida nafaqat Buxoro xonligi, balki eng yirik shahar sifatida Markaziy Osiyoning ham poytaxti bo‘lib turadi. Ayniqsa, qudratli shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida Buxoro shahrida juda katta ko‘lamda qurilish ishlari olib boriladi va shahar Osiyoning yirik shaharlaridan biriga aylanadi. Bu davrda Buxoroga tashrif buyurgan ingliz sayyohi Antoniy Jenkinson shahar haqida quyidagicha yozadi:

    “Shahar juda katta bo‘lib, uylar asosan tuproqdan edi, lekin u yerda tosh uylar ham kam emas edi. Ibodatxonalar va binolar hashamat bilan qurilgan va zarhal bilan qoplangan. Ayniqsa hammomlar shu qadar mohirlik bilan qurilganki, dunyoda ularga o‘xshashlari yo‘q”.

    Shayboniylardan so‘ng hokimiyatga kelgan Ashtarxoniylar davrida Buxoro shahri ichki urushlar sabab bir necha bor qamalda qoladi. Biroq bu shaharing rivojlanishiga katta ta’sir o‘tkazmaydi. Shaharning Ashtarxoniylar boshqaruvi davrida qurilgan muhim me’moriy meroslaridan biri Labi Hovuz majmuasidir.

    Abdullaxon II

    Abdullaxon II
    Foto: Wikipediya

    Buxorodagi so‘nggi hukmdor sulola bo‘lmish Mang‘itlar davrida shaharda bir qator zamonaviy binolar quriladi va ilk bor temiryo‘l o‘tkaziladi. Buxorodagi Chor Minor va Sitorai Mohi Xossa inshootlari Mang‘itlar davriga tegishlidir.

    1920-yili so‘nggi Buxoro hukmdori Amir Olimxon shaharni tark etadi va shahar Qizil armiya tomonidan aeroplanlarda bombardimon qilinadi. Ushbu hujum natijasida Minorayi Kalonga sezilarli zarar yetkazilgan bo‘lsa, Ark qo‘rg‘onining ba’zi qismlari tiklab bo‘lmas darajada vayron bo‘ladi.

    Buxoro shahrining bombardimon qilinishi. 1920-yil

    Buxoro shahrining bombardimon qilinishi. 1920-yil
    Foto: Wikipediya

    1920-yildan 1924-yilgacha Fayzulla Xo‘jayev rahbarligidagi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) poytaxti bo‘lib turgan Buxoro shahri yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining ham birinchi poytaxti bo‘ladi. 1924-yil 13-fevralda Buxorodagi Xalq uyida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilinadi. Shu tariqa Buxoro O‘zbekiston davlatining ilk poytaxtiga aylanadi. Oradan ikki oy o‘tgach, aprel oyida poytaxt Samarqandga ko‘chiriladi.

    Buxorodagi Xalq uyi binosi

    Buxorodagi Xalq uyi binosi
    Foto: Facebook

    SSSR davrida ham Buxoro O‘zSSRning muhim shaharlaridan biri sifatida ahamiyatga ega bo‘ladi, biroq shaharga yetarlicha e’tibor berilmaydi.

    Mustaqillikdan so‘ng ham bir necha ming yilligi nishonlansa-da, Buxoro shahri muhim infratuzilmalarga ega bo‘lmadi. Xususan, shaharda jamoat transporti yaxshi rivojlanmagan, tarixiy obidalardagi xizmat ko‘rsatish sifati jahon standartlaridan ancha orqada. Tarixiy binolarga inshoot va Buxoro tarixiga umuman aloqasi bo‘lmagan artefaktlar joylashtirilgan.

    Mashhur tarixiy obidalari

    Buxoroning eng mashhur obidasi hisoblanuvchi va uning buyuklik ramziga aylangan Ark qo‘rg‘oni qurilgan davri sifatida milodiy V asr ko‘rsatiladi. Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asarida Buxoro Arkining bino qilinishi quyidagicha hikoya qilinadi: “Siyovush ibn Kaykovus o‘z otasidan qochib, Jayxun daryosidan o‘tib, Afrosiyobning oldiga keldi. Afrosiyob uni yaxshi qabul etdi va o‘z qizini unga xotinlikka berib, aytishlaricha, barcha mulkini ham unga topshirdi. Bu viloyat o‘ziga vaqtincha berib qo‘yilgan joy ekanligi tufayli, Siyovush bu yerda o‘zidan bir yodgorlik qoldirishni istadi. Shunday qilib, u Buxoro hisori(Ark)ni bino qildi va ko‘proq vaqt o‘sha joyda turdi… Bu gaplar bo‘lganiga hozir uch ming yildan ortiqroq vaqt o‘tdi”.

    “Tarixi Narshaxiy”da shuningdek, Arkning bino qilinishida haqida qiziq bir voqea ham bayon qilingan: “Bidun Buxorxudot u qasrni bino qilganida buzilib ketdi, qaytadan bino qilgan edi, yana buzildi. U necha marta bino qilmasin yana vayron bo‘laverdi. Hukamolarni yig‘ib ulardan maslahat so‘radilar. Ular bu qasrni osmondagi yetti qaroqchi yulduzlari shaklida yettita tosh ustun ustiga qurishga qaror qildilar; shu shaklda (qurilgandan keyin) qasr buzilmadi. Yana bir ajoyibi shuki, bu qasr bino qilingandan beri bunda hayot kechirgan hech bir podshoh mag‘lubiyatga uchragan emas, aksincha hamisha g‘alaba qozongan. Yana bir ajoyibi, bu qasrni bino qilganlaridan beri na kofirlar davrida va na islomiyat davrida — biror podshoh ham uning ichida o‘lmagan; podshohning ajali yetgan vaqtda biror sabab yuz berib u qasrdan tashqariga chiqqan va boshqa bir joyda vafot topgan —bu qasr bino qilinganidan to vayron bo‘lgunicha shunday bo‘lib kelgan”.

    Buxoro Arki

    Buxoro Arki
    Foto: Trek Zone

    Buxorodagi keyingi eng qadimiy inshootlaridan biri bu — Ismoil Somoniy maqbarasi hisoblanadi. Maqbara Somoniylarning eng mashhur hukmdori Ismoil Somoniy davrida, IX-X asrda qurilgan bo‘lib, ming yillik tarixga ega. Maqbara hozirgi kunga qadar yaxshi holatda saqlanib qolgan va o‘zining tarixiy jilosini yo‘qotmagan.

    Buxoro shahrining tashrif qog‘ozi va ramzi hisoblanuvchi Minorayi Kalon 1126-yil Qoraxoniylar hukmdori Arslonxon tomonidan bunyod qilingan. Minorayi Kalon haqida ma’lumotlar juda ko‘p, ularga yana to‘xtalish shart emas.

    Poyi Kalon ansambli. O‘ngda Poyi Kalon masjidi, to‘g‘rida Minorayi Kalon, chapda Mir Arab madrasasi

    Poyi Kalon ansambli. O‘ngda Poyi Kalon masjidi, to‘g‘rida Minorayi Kalon, chapda Mir Arab madrasasi
    Foto: Agoda

    Minorayi Kalon bilan birgalikda Poyi Kalon ansambliga kiruvchi Mir Arab madrasasi minoradan bir necha asr keyinroq, XVI asrda Shayboniylar davrida qurilgan. Mir Arab madrasasi bunyod etilganidan boshlab hozirga qadar islom olamidagi eng nufuzli ta’lim maskanlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

    Yuqorida aytib o‘tilganidek, Ashtarxoniylar davrida Buxoroda bunyod qilingan eng mashhur me’moriy ansambl — Labi Hovuz ansamblidir. Ashtarxoniy hukmdor Imomqulixonning obro‘li vazirlaridan bo‘lgan Nodir devonbegi tomonidan qurilgan madrasa, xonaqoh, karvonsaroy, hovuz va Abdullaxon II tarafidan barpo qilingan Ko‘kaldosh madrasasi birgalikda ajoyib ansambl hosil qilgan.

    Labi Hovuz. To‘g‘rida Nodir devonbegi xonaqohi

    Labi Hovuz. To‘g‘rida Nodir devonbegi xonaqohi
    Foto: Uzbekistan Travel

    Buxoroning keyingi hukmron sulola (mang‘itlar) davrida qad ko‘targan mashhur obidalari sifatida Chor Minor va Sitorai Mohi Xossani ko‘rsatish mumkin. Mang‘it amiri Amir Haydar davrida qurilgan Chor Minor yoxud Xalifa Niyozquli madrasasi o‘zining ajoyib arxitekturasi bilan ajralib turadi. Inshoot Buxorodagi eng katta masjid imom-xatibi bo‘lgan turkman urug‘idan vakili Xalifa Niyozquli mablag‘lari hisobidan bunyod qilingan. 1997-yil Chor Minorning zarar ko‘rgan minoralari YUNESKO ko‘magida qayta tiklangan.

    Buxoro amirlarining yozgi qarorgohi vazifasini bajargan Sitorai Mohi Xossa (Oy kabi yulduz) dastlab XVIII asrda qurilgan, biroq bu qism hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Saroyning bugungi kundagi qismini Amir Abdulahadxon qurdirgan. Keyinroq Amir Olimxon Sitorai Mohi Xossada yevropacha usulda yana bir saroy barpo qilgan. Saroy ikkiga: erkaklar va ayollar hovlilariga bo‘linadi.

    Sitorai Mohi Xossa saroyi

    Sitorai Mohi Xossa saroyi
    Foto: Dreamstime

    Yuqorida aytib o‘tilgan tarixiy inshootlarning barchasi YUNESKOning “Jahon merosi” ro‘yxatiga kiritilgan. Bulardan tashqari Buxoro shahrida yana o‘nlab tarixiy obidalar mavjud. Ularning har biri o‘z arxitekturasi va tarixi bilan bir-biridan ajralib turadi.

    09.06.2022, 14:44   Izoh (0)   61483
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyada erkak gazli suvdan bir qultum ichib, oshqozoni va qizilo‘ngachini kuydirdi

    Dunyo | 9 may, 17:40

    Shri Lankada o‘nlab harbiy xizmatchilar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

    Dunyo | 9 may, 17:25

    Tramp Zelenskiy bilan telefonda suhbatlashdi

    Dunyo | 9 may, 17:10

    “Qizimni xavf ostiga qo‘yishni istamayman” — Toni Kroos nega Germaniyaga qaytishni istamaydi?

    Sport | 9 may, 17:00

    Olimlar insonning tashqi qiyofasi uning ismiga qarab o‘zgarishini isbotladi

    Dunyo | 9 may, 16:45

    Quyoshdan himoya qiluvchi SPF kremni to‘g‘ri tanlash va ishlatish haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 muhim fakt

    Layfstayl | 9 may, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.