Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda besh oyda umumiy quvvati 1 254 megavatt bo‘lgan 6 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida umumiy quvvati 1 154 megavatt bo‘lgan 5 ta issiqlik va quvvati 100 megavatt bo‘lgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirilgan. Bular:

  • Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi;
  • Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 megavatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;
  • Samarqand viloyatining Nuborod tumanida quvvati 100 megavatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan.
Ushbu 6 ta elektr stansiya yiliga 9 milliard 660 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 milliard 353 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Stansiyalar qurilishi davomida 3 260 nafar ish o‘rni yaratilgan. Ular ishga tushishi natijasida 445 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan.0зўавқ

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi (7-elektr stansiya) ishga tushiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi