Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2022-yilda umumiy quvvati 1474 megavatt bo‘lgan issiqlik va quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar mamlakatda 6 ta issiqlik (IES) va 1 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (FES) yo‘lga qo‘yiladi.

Xususan, yanvar oyida Buxoro viloyatida 270 MVt va Toshkent viloyatida 240 MVt bo‘lgan 2 ta yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shuningdek, aprel oyiga qadar Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Toshkent viloyatida 230 va 240 MVt quvvatli 2 ta va Xorazm viloyatida 174 MV quvvatli 1 ta issiqlik elektr stansiyalari mart oyida, Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi. Buning natijasida O‘zbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 ming MVtdan oshadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda