O‘zbekiston Superligasi 2022-yilgi mavsum noyabr oyida yakunlanishi mumkin. Bu haqida PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.
Qatardagi Jahon Chempionati 2022-yilning 21-noyabr kuni start oladi. PFL mavsumni 20-noyabrga qadar yakunlash va kelasi mavsumni fevral o‘rtasida boshlash, yozdagi 40 kunlik chilla vaqtida (2023-yildan boshlab) futbol uchrashuvlarini to‘xtatish ustida ishlamoqda. Tez orada PFL Ijroqo‘mi yig‘iladi.Eslatib o‘tamiz, Superliganing 2022-yilgi mavsumi 2-mart sanasida start oldi. Hozirgacha 11 ta tur ortda qoldi.Diyor Imomxo‘jayev, PFL bosh direktori
Jahon Chempionati bellashuvlari 2022-yilning 21-noyabr kunida start olib, 18-dekabrdagi final o‘yini bilan yakuniga yetadi.
Izoh (0)