Toshkent shahrining Hilton mehmonxonasi anjumanlar zalida 8-iyun, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogining Toshkent shahar bosqichi bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Davlat xavsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar sportni rivojlantirish boshqarmasi hamda boshqa qator idora va tashkilotlar vakillari, sport murabbiylari, musobaqa ishtirokchilari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, futbol bo‘yicha Toshkent shahar bosqichida quyidagi mahallalar o‘zaro bahs olib boradigan bo‘ldi:
“Beshqayrag‘och” (Uchtepa)—“Fazogir” (Yashnobod);
“Hasanboy” (Yunusobod)—“Boshliq” (Yakkasaroy);
“Do‘stlik” (Yangi Hayot)—“Sarakul” (Mirobod);
“Shodlik” (Shayhontohur)—“Katta Qozirobod” (Chilonzor);
“Minglola” (Mirzo Ulug‘bek)—“Quruvchilar” (Sergeli);
“Yangi Hayot” (Bektemir)—“Paxta” (Olmazor).
Shuningdek, mini-futbol bo‘yicha Toshkent shahar bosqichida quyidagi jamoalar bir-biriga raqib bo‘ldi:
“Tashabbus” (Yangi Hayot)—“Qoryog‘di” (Uchtepa);
“Qo‘shbegi” (Yakkasaroy)—“Baratxo‘ja” (Mirobod);
“Posira” (Yunusobod)—“Chorsu” (Shayhontohur);
“Katta Do‘mbirobod” (Chilonzor)—“Paxta” (Olmazor);
“Azamat” (Mirzo Ulug‘bek)—“Zilola” (Bektemir);
“Quruvchilar” (Sergeli)—“Fazogir” (Yashnobod).
Izoh (0)