Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. Bu haqda “Daryo” so‘roviga javoban Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bahrom Haydarov.

Bahrom Haydarov.
Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, hokim kecha, 2022-yilning 6-iyun kuni ushlangan.

“Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishi mumkin holatlarning oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, — deydi Hayot Shamsutdinov.

Qo‘shimcha qilinishicha, shahar hokimi viloyatda Moliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish yuritgan paytida sheriklari bilan 48 milliard so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilgan. Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan. Ayni kunga qadar yetkazilgan zararning 23 foizi qoplangan.

Avvalroq Bahrom Haydarovning davlat manfaatlariga 1,7 miliard so‘m zarar keltirganlikda ayblanayotgani, uning deputatlik dahlsizligini bekor qilish uchun viloyat prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgani xabar qilingan edi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan hokim esa buni inkor etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi