Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida deputat va shahar hokimi Bahrom Haydarovni tergovga jalb qilish maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgani xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri bilan shu haqda suhbatlashgan Andijon shahri hokimi buni inkor etmoqda.

“Shu kunga qadar mening ustimdan taqdimnoma kiritilgan yoki kiritilmagani bo‘yicha hech qanday ma’lumotga ega emasman”, — deydi shahar hokimi Bahrom Haydarov.

Bahrom Haydarov ustidan taqdimnoma kiritilgani haqidagi ma’lumotlardan xabar topgach, shahar prokurori bilan bog‘lanib, taqdimnoma sababini so‘raganini, ammo prokuror hech qanday taqdimnoma yo‘q ekanini aytganini bildirmoqda.

“Shahar prokuraturasining viloyat prokuraturasiga yuborgan taqdimnomasi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topdim. Shahar prokurori bilan bog‘langanimda u ustimdan hech qanday taqdimnoma kiritmaganini aytdi. Taqdimnomadagi holatlar bo‘yicha gapirishim uchun avval o‘sha taqdimnomani ko‘rishim kerak. Agar izoh berishim kerak bo‘lsa, albatta bu bo‘yicha izoh beraman, ammo avvalo taqdimnoma bilan tanishib chiqishim kerak. Prezident vakili sifatida shu joyda ishlayapman. Shu bois qo‘rqmasdan, ishonch bilan aytamanki, birovdan bir so‘m pora yoki boshqa narsa olganim yo‘q. Har qanday joyda har qanday holatda javob berishga tayyorman”, — deydi Bahrom Haydarov.

“Daryo” muxbiri taqdimnoma haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mas’ullari bilan ham bog‘landi.

Kotibiyat mas’ullarining bildirishicha, kotibiyatga na shahar prokuraturasi va na viloyat prokuraturasi tomonidan hokimning deputatlik daxlsizligi so‘ralib, taqdimnoma kiritilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi