Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan O‘zbekistondagi 31 ta tijorat banki uchun bank faoliyati indeksi ishlab chiqildi. Indeksga asoslanib, ITIM har chorakda banklar reytingini yangilaydi. Tadqiqot xususiy sektorning bank aktivlari ulushidagi o‘zgarishlarni monitoring qilish, shuningdek, mamlakat bank sektorida olib borilayotgan islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bank faoliyati indeksini yangiladi. “Kapitalbank” moliyaviy vositachilik va aktivlar sifati sohasida eng yuqori natijalarni ko‘rsatib, 2020-yilning 2-choragidan buyon yetakchilikni qo‘ldan boy bermay, bank faoliyati reytingida 17 ta yirik bank orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Muddatli bank omonatlari hajmi o‘tgan davrga nisbatan 18,2 foizga oshib, 9,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Muddatli depozitlarning umumiy kreditlar summasiga nisbati 100 foizga yetdi.
Boshqa banklar va moliya tashkilotlaridan jami majburiyatlar bo‘yicha depozitlar va kreditlarning ulushi 2,9 foizni tashkil etdi, Moliya vazirligidan olingan mablag‘lar ulushi esa 5,5 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar “Kapitalbank”ning aholi va biznes bilan faol ish olib borayotganini namoyon etadi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)