Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 2022-yilda 170 ta yirik chorvachilik loyihalari va xonadonlarda kooperatsiya orqali 249 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buning uchun, fevral oyida qabul qilingan qaror bilan chorvachilik xo‘jaliklariga

  • go‘shtning har bir kilosi uchun to‘lanadigan subsidiya 2 ming so‘mdan 4 ming so‘mga, sutning har bir litri uchun 200 so‘mdan 400 so‘mga oshirilgan;
  • olib kelinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasi barcha to‘lovlardan ozod etilgan;
  • sohaga 170 million dollar imtiyozli kredit liniyalari ochilgan;
  • 200 ming gektardan ziyod paxta va g‘alla maydonlariga ozuqabop ekinlarni almashlab ekish belgilab olingan.
Andijon, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari tomonidan amaliy ishlar boshlanib, 18 ming boshli 35 ta chorvachilik xo‘jaliklari ishga tushirilgan.

Shunga qaramay, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 35 ming boshli 70 ta loyiha bo‘yicha chorva komplekslarini ishga tushirish kechikmoqda. Prezident ushbu viloyatlar hokimlarini qat’iy ogohlantirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi