Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari 8 ta viloyatda parranda go‘shtini yetishtirish aholi talabining 70 foizini ham ta’minlamayotgani tanqid qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Asosiy maqsadimiz – aholini rozi qilish ekanini bir zum ham unutmaslik lozim. Narxlarni sun’iy ushlab turib, bu masalada ko‘zbo‘yamachilik yoki ura-urachilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, – dedi prezident.

Barcha sharoitlar yaratib berilganiga qaramay, 8 ta viloyatda parranda go‘shtini yetishtirish aholi talabining 70 foizini ham ta’minlamayotgani tanqid qilindi.

Parrandachilik xo‘jaliklari bilan uchrashuvlarda 20 dan ortiq muammo va taklifla ko‘tarilgan. Jumladan, parrandachilik yo‘nalishidagi 50 dan ziyod yirik korxona 50 foiz quvvatda ishlamoqda. Sababi hududlarda loyihalarni tanlash va joylashtirish ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan.

Bugungi kunda bir dona tuxumning o‘rtacha tannarxi ming so‘m bo‘lsa, uning ulgurji narxi 900 so‘mdan oshmayapti.

“Parrandachilik korxonalari rahbarlari vaziyatni tushunib, tuxum narxini oshirmayapti, buning uchun ularga, rahmat.

Lekin qaysi viloyat, tuman va shahar hokimi ular bilan uchrashib, ozuqa-yem, transport, aylanma mablag‘ masalalarida yordam berayapti, degan savolga, afsuski, ijobiy javob yo‘q”, – dedi prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi