• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy bank qanday qilib pul tejab, yaxshi yashash mumkinligi to‘g‘risida tavsiyalar berdi

    Markaziy bankning Finlit loyihasi kundalik xarajatlarni kamaytirish va ko‘proq pul tejashga yordam beradigan 10 ta usulni sanab o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ular quyidagicha:

    1. Kunlik daromad va xarajatlarni qayd etish kerak. Bu yo‘l orqali qancha olishingiz hamda nima uchun xarajatlar qilishingiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘lasiz.

    2. Oldindan tayyorlangan ro‘yxatga asosan xaridlarni amalga oshiring va unga amal qiling. Bu keraksiz xaridlardan asraydi.

    • Do‘konga bormoqchi bo‘lsangiz, to‘q boring. Och qorin bilan borishingiz keraksiz xaridlarga sabab bo‘lib qolishi mumkin.
    • Pulingizni tejash hamda ekologiya zarar yetkazmaslik maqsadida o‘zingiz bilan oziq-ovqat paketlarini oling.
    • Do‘konga bormaslikka harakat qiling. Hozir ko‘plab gipermarketlarda uyga yetkazib berish xizmatlari juda mashhur. Bir haftalik eng kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlab, ro‘yxatini tuzib chiqing va buyurtma bering. Bu keraksiz xarajatlarning oldini oladi, do‘konga tashrifingiz bilan siz nimanidir ko‘rib, muhim buyum bo‘lmasa ham sotib olishingiz mumkin.
    • Doim jamg‘arma yoki chegirma kartalaridan foydalaning. Bunday kartalardan 5 foizdan 20 foizgacha iqtisod qilish mumkin.
    3. Kommunal xarajatlarini kamaytiring! Energiya tejaydigan lampalardan foydalaning, kir va idish-tovoq yuvadigan mashinalarni sotib oling.
    • Uyingizni tark etishingizdan oldin barcha elektr jihozlaringizni o‘chirib chiqing.
    • Chiroqlar, suv, gazni foydalanmagan paytingizda o‘chirib qo‘ying.
    • Ortiqcha to‘lovlar amalga oshirmaslik uchun kommunal xizmatlar hisoblagichini o‘rnating.
    4. Nimadir xarid qilishingizda sifatga ahamiyat bering. “Pulga qattiq odam – ikki marta sarf qiladi” degan ibora bor. Lekin juda qimmat brend buyumlarni xarid qilish ham tavsiya etilmaydi.

    5. Xaridni ertaga amalga oshiring. Yo‘lingizda yaxshi chegirmali mahsulot ko‘rib qolsangiz, ammo ro‘yxatingizda ushbu mahsulot bo‘lmasa, ushbu xaridni ertangi kunga qoldiring. Bu bilan bu buyum qanchalik muhimligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish imkoniyati bo‘ladi. Statistika bo‘yicha odamlar ma’lum vaqt davomida xarid to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganda ko‘p holatlarda kerak bo‘lmagan xaridlardan voz kechadi.

    6. Kundalik ovqatlarni diqqat bilan rejalashtiring. Vaqtingiz va imkoniyatingiz bo‘lsa, ovqatni o‘zingiz uyda tayyorlang. Yarimtayyor mahsulotlar qilib qo‘ysangiz – nafaqat pulingizni, balki vaqtingizni ham tejaysiz.

    7. Kredit olishda puxta o‘ylab chiqib keyin qaror qiling.

    Bugungi kunda kredit kartalari yurtimizda tobora ommalashib ketmoqda. Qanchalik takliflar yaxshi tuyulmasin, bunday kartalarni rasmiylashtirishga shoshilmang, chunki kredit kartalar ko‘pincha keraksiz narsalarni xarid qilishga undaydi.

    8. Doim ish haqingizning ma’lum bir qismini saqlab qo‘yishga harakat qiling. Bir oyda kamida ish haqingizni 10 foiz miqdorini saqlashni odat qiling.

    Shu bilan birga, kutilmagan daromadingizni ham saqlab qolishingizni tavsiya qilamiz. Masalan, ular mukofot mablag‘i, tug‘ilgan kunga berilgan pul yoki qaytarilgan qarz mablag‘lari bo‘lishi mumkin.

    Mayda pullar, tanga va qaytimlaringizni aqchadoningizda saqlang, yil oxiriga kelib sezilarli darajadagi pul yig‘ilganiga ishonch hosil qilasiz.

    9. Iqtisod qilib hordiq olish — bu haqiqat. Buning uchun xorij safaringizni oldindan rejalashtiring, odatda vaqtliroq to‘lovlarini amalga oshirsangiz tur-paket va aviachiptalarni arzon narxlarda xarid qilish imkoni paydo bo‘ladi.

    Dam olishga chetga chiqqaningizda “Barchasi mavjud” (all inclusive) tariflaridan foydalaning. Chunki mehmonxonalar tarkibiga kirmaydigan xizmatlar narxi qimmat bo‘ladi.

    10. O‘zingiz va oila a’zolaringiz uchun kiyimlarni internet do‘konlardan sotib olishga harakat qiling. Bu bilan siz yetarli mablag‘ni iqtisod qilishingiz mumkin. Sabab bozor va do‘konlarda ijara xarajatlari evaziga sotuvchilar asl narxlarni yuqoriroq belgilaydi.

    Yuqoridagi tavsiyalar orqali kerak va muhim bo‘lmagan xarajatlaringizni aniqlab, oilaviy budjetingizni samarali boshqarishingiz mumkin bo‘ladi.

    31.05.2022, 20:54   Izoh (0)   27346
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston qobiqqa o‘ralib qolmagan” — moliya vaziri o‘rinbosari oziq-ovqat nega qimmatligiga izoh berdi

    31.05.2022, 20:18

    O‘zbekistonda 22 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 2023-yilgacha bojxona bojlaridan ozod etiladi

    31.05.2022, 20:06

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2-iyun kuni O‘zbekistonga keladi

    31.05.2022, 19:53

    Toshkentda sexda yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi

    31.05.2022, 19:30

    Bog‘dorchilik fermerlariga subsidiya beriladimi? Qishloq xo‘jaligi vazirligi javob berdi

    31.05.2022, 19:28

    Qashqadaryoda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi

    31.05.2022, 19:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.