Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

24-may kuni Toshkentdan Moskvaga uchgan Nargiz Zokirova Domodedovo aeroportida hibsga olindi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: “Interfaks”

Foto: “Interfaks”

“Nargiza Zokirova Rossiyaga kiritilmadi. U ayni paytda aeroportda ushlab turilibdi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, u O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkin.

Ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad Nargiz Zokirovaning tog‘avachchasi, aktyor Javohir Zokirov bilan bog‘landi. Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida, “Mendirman Jaloliddin” seriali syomkasida ishtirok etayotgan Javohir Zokirov ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

“Shunaqa bo‘lib qolibdi. Men ham bu voqea bo‘lganini Turkiyada eshitib turibman. Nargiz Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi haqida Instagram Stories’ida chiqishlar qilgandi. Men uni ogohlantirganman. ‘Shunaqa narsalarga aralashma, har xil gaplar yozma, joylama’, degandim. Lekin ogohlantirishlarimga qaramadi, bu gaplarimga quloq solmadi.

Hattoki so‘nggi vaqtlarda u bilan ijodiy hamkorlikni to‘xtatib, kelishmay qolgandik. Uch-to‘rt kun gaplashmay yurdik. Oxiri u bilan ishlamaslikka qaror qildim. Boshqa ilojim qolmadi”, — deydi aktyor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi