Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) tizimida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Markaz quyidagi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini olib boradi:

  • sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash, uning ma’lumotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish;
  • kosmik sohaga oid xizmatlarni ko‘rsatish;
  • kosmik sohaga ilmiy va innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida mazkur sohadagi ilmiy va innovatsion ishlarni amalga oshirish;
  • kosmik va geoaxborot texnologiyalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida iqtisodiyot tarmoqlari, mudofaa va xavfsizlik sohalari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.
Shuningdek, Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarga kosmik monitoring, sun’iy yo‘ldosh hamda uchuvchisiz uchish apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini taqdim etish va kosmik sohaga oid boshqa xizmatlar ko‘rsatish vakolatlariga ega.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekkosmos” agentligi prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2019-yilda tashkil etilgan. “O‘zbekkosmos” agentligi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)