Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“O‘zbekkosmos” agentligi OneWeb kompaniyasi bilan memorandum imzoladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Spacenews

Foto: Spacenews

Markaziy Yevrosiyodagi birinchi Space Technology Conference STC-2022 konferensiyasi doirasida Britaniyaning OneWeb kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi — O‘zbekiston bozoriga OneWeb sun’iy yo‘ldoshli aloqa kompaniyasini jalb qilishdir.

Unda OneWeb kompaniyasining geostatsionar bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimi xizmatlari bilan bog‘liq bir qator tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Tartibga solish masalalarini muhokama qilish va OneWeb sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanish uchun davlatning asosiy ehtiyojlarini aniqlash ham shular jumlasidan.

Memorandum doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi va OneWeb kompaniyasi innovatsion past orbital sun’iy yo‘ldosh telekommunikatsiya tizimidan foydalanish masalalari bo‘yicha ekspertiza markazini tashkil etishga kelishib oldilar.

Tomonlar chekka hududlar va borish qiyin bo‘lgan qishloqlarni sun’iy yo‘ldoshlar orqali yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlashni amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar.

OneWeb kompaniyasi bilan memorandum imzolanishi kosmik aloqa sohasini rivojlantirish sohasida muhim voqea hisoblanadi, — dedi “O‘zbekkosmos” agentligi bosh direktori Shuhrat Qodirov.
Unga ko‘ra, bu axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarni samarali amalga oshirish va respublikaning chekka hududlarini ham innovatsion aloqa xizmatlari bilan ta’minlash imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)