• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Prezidentlar nazariga tushgan, aktyorlarga bosh kiyim tikkan hunarmand. Xivalik cho‘girmado‘z bilan suhbat

    Xorazm milliy bosh kiyimi sanalgan cho‘girma haqida eshitgan yoki uni bir marta bo‘lsa ham kiyib ko‘rganlar oramizda topiladi, albatta. Ammo uning nimadan va qanday tayyorlanishi ko‘pchilikka qorong‘i. Xivalik Shokir Abdullayev cho‘girmachi-po‘stindo‘z hunarmand sulolasining yettinchi avlodi vakili hisoblanadi. Uning Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida joylashgan mo‘jazgina savdo do‘koni hamisha gavjum, sayyohlarning qadami arimaydi. “Daryo” muxbiri qadimiy Xivaga qilgan safari chog‘ida Shokir Abdullayev bilan suhbatlashdi.

    Ham hunarmand, ham pedagog

    Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududiga Ota darvozadan kirarkansiz, ayni paytda mehmonxona vazifasini o‘tayotgan Muhammad Aminxon madrasasi oldidagi qator savdo do‘konlariga ko‘zingiz tushadi. Xorazmlik taniqli cho‘girmachi-po‘stindo‘z Shokir aka Abdullayev tomonidan tayyorlangan bosh kiyimlar rastasi ham xaridorlar bilan gavjumligiga guvoh bo‘lasiz. Ayniqsa, cho‘girmani kiyib suratga tushayotgan yoxud xarid qilib, pul sanayotgan sayyohlar e’tiboringizni tortishi, shubhasiz.

    “Ajdodlarim cho‘girmachi-po‘stindo‘z sifatida o‘z davrining mashhur hunarmandlari bo‘lgan. Sulolamiz tamal toshini Abdullo bobo qo‘ygan va men yettinchi avlod vakiliman. Shu hunar ortidan non yeganimiz, ota-onam, amakilarimning mehnatini ko‘rib, besh yoshimdan tikishni boshlaganman. Sakkizinchi sinfda o‘qiyotgan paytlarim mustaqil ravishda terini bichib, bosh kiyimlar tikardim. Ilk daromadimni o‘ninchi sinfda topganman.

    Kichkinaligimdan sportga nisbatan qiziqishimni ko‘rgan yaqinlarim to‘garakka berishga qaror qilgan. Maktabda o‘qish va hunar o‘rganish bilan birga, erkin kurash bo‘yicha mashg‘ulotlarga ham qatnardim. Avvaliga tuman, viloyat miqyosidagi musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lganman. 1985-yili Boku shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 2-o‘rinni qo‘lga kiritganman.

    Shokir Abdullayev

    Shokir Abdullayev
    Foto: “Daryo”

    Ota-onam oliy o‘quv yurtida tahsil olganligi tufayli biz farzandlarini ham oliy ta’limda o‘qitishga jiddiy e’tibor qaratgan. Dadam jismoniy tarbiya, onam kimyo fani bo‘yicha pedagoglik qilgan, hunar bilan ham shug‘ullangan. 1993-yili Urganch davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetini tamomlaganman. O‘sha paytda ikki yil ta’lim sohasida faoliyat yuritganman. Oradan yigirma yil o‘tib, yana shu tizimga qaytdim. Ayni paytda Xiva shahridagi 19-maktab direktori lavozimida ham ishlayapman. Bilim maskanida ‘Besh tashabbus’ bo‘yicha o‘quvchilarga hunar sirlarini o‘rgatib, ustoz-shogird an’anasini davom ettiryapman”, — deydi Shokir aka.

    “Bitta qo‘y terisidan ikkita cho‘girma chiqadi”

    Hunarmand mahsulotlari qanday tayyorlanishi haqida gapirarkan, qo‘y, tulki, bo‘ri kabi jonivorlar terisidan 150 xil bosh kiyimi tikishini alohida ta’kidladi.

    “Bizning asosiy xomashyomiz qorako‘l terisi hisoblanadi. Ancha yil oldin shaxsiy fermer xo‘jaligini tashkil qilib, xomashyoni o‘zimiz yetishtirganmiz. Lekin bugungi kunda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l, Buxoroning Qorako‘l tumanlarida boqiladigan qo‘zichoqlar terisidan foydalanamiz. Chunki bu hududlardagi qo‘ylar terisi jingalak bo‘ladi. Biz ularni ‘arabskiy qo‘ylar’ deymiz. Jingalak terilar mahsulotning chiroyli va sifatli chiqishida muhim ahamiyatga ega.

    Foto: “Daryo”

    Bizning ish judayam og‘ir. Qo‘y so‘yilganidan keyin uning terisi ivitiladi, oshlanadi, qayta-qayta ishlov beriladi, quritiladi. Shundan keyingina bichiladi. Bu jarayon qiyin, uzoq vaqt oladi va ko‘pchilik birga mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bitta cho‘girma bir haftada tayyor bo‘ladi. Bitta qo‘y terisidan ikkita cho‘girma chiqadi. ‘Sherozi’, ‘silkima’ kabi cho‘girmalarni tayyorlashga alohida e’tibor va qunt bilan yondashamiz”, — deydi u.

    Qadimiy “konditsioner” yostiq vazifasini ham bajargan

    Shokir Abdullayevning aytishicha, qadimgi Xorazmda bosh kiyim g‘urur, iftixor ramzi hisoblanib, otaning bosh kiyimi faqat o‘g‘il farzandiga meros qoldirilgan.

    “Azaldan cho‘girmachi-po‘stindo‘zlarning el orasidagi hurmati baland. Oyoqda etiging bo‘lmasa ham boshda cho‘girmang bo‘lsin, degan naql bejiz paydo bo‘lmagan. Cho‘girmado‘zlar odamlarning mansabiga qarab, qo‘y terilaridan cho‘girmalar tikkan. O‘tmishda cho‘girmani asosan xon, vazir kabi badavlat kishilar kiygan. Aksariyat kishi qora, qo‘ng‘ir rangli cho‘girmadan foydalangan.

    Foto: “Daryo”

    Bu bosh kiyim qorako‘l terisidan tayyorlangani uchun qishda sovuqdan, yozda esa quyosh taftidan saqlaydi. Uni ‘konditsioner’ desa ham bo‘ladi (kuladi). Cho‘girma bir paytlar chang va sovuqdan himoya qilishdan tashqari, safarga chiqqan yo‘lovchi uchun yo‘lda yostiq vazifasini ham bajargan”, — deydi hunarmand.

    Ta’kidlash joiz, Xorazm vohasida cho‘girma bilan bog‘liq bir qancha udumlar bo‘lgan. Masalan, qiz bolaning bo‘yi yetganligini bilish uchun uni dadasining cho‘girmasi bilan yetti marta urib ko‘rishgan. Agar u zarbdan yiqilmasa, turmushga uzatilgan. Yana bir udum bo‘lganki, uylanish niyatini bildirgan yigitga qiz tomon cho‘girmani kuch bilan otgan, mabodo yigit yiqilib tushsa, unga turmushga chiqishdan bosh tortgan.

    “O‘zbekistonning ikki prezidenti bilan ko‘rishish nasib qildi”

    Hunarmand va uning qarindoshlari Ichan-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida o‘z savdo do‘konlarini ochib, sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Sulola vakillari shu orqali Xorazm cho‘girmalari dovrug‘ini dunyoga yoyishga harakat qilmoqda.

    “Uyim Ichan qal’aga yaqin mahallada, savdo do‘konim esa ko‘rib turganingizdek Kalta minor tagida joylashgan. 42 yildan buyon shu yerdagi do‘konlardan birida ijarada turaman. Ichan qal’ada bosh kiyim sotadiganlarning barchasi qarindosh-urug‘larim. Ular orasida eng kattasi o‘zimman.

    Foto: “Daryo”

    Chet elda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashmagan bo‘lsam-da, mahsulotlarimni Italiya, Amerika, Ispaniya, Fransiya kabi davlatlarga eksport qilganman. Hozirda esa sayyohlarning o‘zi kelyapti, xarid qilyapti. Oxirgi yillarda mijozlarim orasida o‘zbekistonliklar ham ko‘payib boryapti, ularda qiziqish ortmoqda. Bir dona cho‘girma narxi 150 mingdan 500 ming so‘mgachani tashkil qiladi.

    Hunarim orqali O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan mana shu do‘konimda bir necha marta ko‘rishib, suhbatlashishga muyassar bo‘lganman. “Tashabbus—2008” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faxrli ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilganman.

    Foto: “Daryo”

    Rejissorlar bilan hamkorlik qilayotganim ham meni juda quvontiradi. To‘rt yil oldin ‘Islomxo‘ja’ filmi qahramonlariga bosh kiyimlar tikkanmiz. Hozirgi paytda Turkiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston kinoijodkorlari tomonidan Pahlavon Mahmud haqida suratga olinishi rejalashtirilgan film aktyorlariga ham bosh kiyim tayyorlashga hozirlik ko‘ryapmiz. Hunarimdan faxrlanaman, kam bo‘layotganim yo‘q. Sulolamizni uch o‘g‘lim davom ettiryapti, yuzlab shogirdlar yetishtirdim va bu yo‘lda to‘xtaganim yo‘q”, — deydi Shokir aka Abdullayev.

    Intervyuni “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.

    Mirolim Isajonov suhbatlashdi

    23.05.2022, 21:33   Izoh (0)   59643
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sebalyos Xabi Alonso bilan kelishmovchilik tufayli “Real”dan ketishi mumkin

    Sport | 21 iyun, 20:26

    Buyuk Britaniyada o‘limga yordamlashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

    Dunyo | 21 iyun, 20:20

    O‘zbekistonda may oyida xorijiy avtomobillar narxi sezilarli darajada arzonlashdi — tahlil

    O‘zbekiston | 21 iyun, 20:00

    Turkiyada BMT falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligining ofisi ochiladi

    Dunyo | 21 iyun, 19:25

    Sirdaryoda qalbaki 1 600 dollarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 18:05

    “Man Siti” Abduqodir Husanovni “Lion”ga tekinga ijaraga berishni istamadi — OAV

    Sport | 21 iyun, 17:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.