Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 18-may kuni Bryusselda Finlyandiya va Shvetsiya elchilaridan ushbu mamlakatlarning alyansga a’zo bo‘lish haqidagi arizalarini qabul qilib oldi, deb yozadi Meduza.

Yens Stoltenberg

Yens Stoltenberg
Foto: EPA/“TASS”

Ikkala mamlakat ham Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida betaraflik maqomidan voz kechib, harbiy alyansga qo‘shilishga qaror qildi.

17-may kuni Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizasini mamlakat tashqi ishlar vaziri Ann Linde imzoladi. Shu kuniyoq Finlyandiya parlamenti alyansga qo‘shilish haqidagi qarorni 188 ta rozilik va sakkizta qarshilik ovozi bilan ma’qulladi.

Arizalar NATO kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi, shundan keyin Shvetsiya va Finlyandiyaning alyansga a’zo bo‘lishi haqidagi bitim unga a’zo 30 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak bo‘ladi.

Turkiya hukumati Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishiga rozilik berish uchun o‘z shartlarini e’lon qildi. Xususan, ikki mamlakat Kurdiston ishchilar partiyasini va unga aloqador tuzilmalarni terrorchilik tashkiloti deb tan olishini talab qilmoqda. Shuningdek, Turkiya F-16 qiruvchi samolyotlarining yangi partiyasini qo‘lga kiritishga hamda yana F-35 qiruvchilarini yetkazib berish dasturiga kirishga umid qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)