Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatning Shvetsiya hamda Finlyandiya NATO a’zoligiga qabul qilinishi yuzasidan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Bu haqda Daily Sabah xabar qilgan.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Erdo‘g‘on ushbu ikki mamlakatning “terrorchilikka nisbatan aniq pozitsiyaga ega emasligini” ta’kidlagan.

Turkiya prezidenti Shvetsiya va Finlyandiya TIV rahbarlari mamlakatga kelib alyansga qo‘shilish bo‘yicha so‘rovni ma’qullash uchun urinmaslikni qo‘shimcha qilgan. Avvalroq ikki davlat diplomatlari Anqaraga kelib, Turkiya tomoni bilan NATOga kirish uchun so‘rov masalasini muhokama qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Shvetsiya va Finlyandiya may o‘rtasida NATO a’zoligiga kirish uchun rasman so‘rov yubormoqchiligin e’lon qilgan. Ularning avvalgi betaraflik siyosatidan voz kechishiga, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlagani turtki bergan.

NATO a’zoligiga muayyan ishtirokchining qabul qilinishi uchun alyansning barcha vakillari uning so‘rovini qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi. Turkiya bu ishni qilmasligini bildirgan, shuningdek Shvetsiya hamda Finlyandiyani Anqara terroristik tashkilot deb hisoblaydigan kurd jangari guruhlariga yordam berganlikda, mamlakatga qurol-yarog‘ sotilishiga nisbatan taqiqlar qo‘yganlikda ayblagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)