• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zilzila vaqti Yelsin va Nazarboyevni ovutgan Karimov, O‘zbekistonda boshqaruvni o‘zbeklashtirish, “jurnalistlar, kibrlanmang!”. O‘zbek matbuoti 16-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    Old planda, o‘ngdan: O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulhoshim Mutalov; orqa planda, o‘ngdan: O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ismoil Jo‘rabekov va mudofaa ishlari vaziri Rustam Ahmedov. 1992-yil 15-may, MDHning Toshkent sammiti.

    Old planda, o‘ngdan: O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulhoshim Mutalov; orqa planda, o‘ngdan: O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ismoil Jo‘rabekov va mudofaa ishlari vaziri Rustam Ahmedov. 1992-yil 15-may, MDHning Toshkent sammiti.
    Foto: V.Molgachev / “O‘zbekiston ovozi”

    90 yil avval. 16-may, dushanba

    Bundan 90 yil avval ko‘zbo‘yamachi mas’ullarga qarshi qanday choralar ko‘rilgan? “Yolg‘on ma’lumot berib, ekish sifatini, ya’ni partiya direktivini buzgani uchun Bo‘ka uchastkasining mas’ul vakili Ortiqboyev maorif vakili ishidan bo‘shatilib, o‘zi qamoqqa olindi. Shu ayb bilan Oqqo‘rg‘on partiya yacheyka kotibi Toshqodirov partiyadan haydalib, ishi prokurorga berildi”, — deyiladi “Qizil O‘zbekiston”dagi “Ko‘zbo‘yamachilarga qattiq zarba” xabarida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 16-may sonidan lavha

    Quloqqa g‘alati eshitilsa-da, 1930-yillarda O‘zbekistonda kompartiyaning topshirig‘i bilan boshqaruv apparatini o‘zbeklashtirish kampaniyasi olib borilgan. Bu nima degani? “Apparatni o‘zbeklashtirish jiddiy natijalar berayotir” xabari bu savolga qisman javob beradi: “Toshkentning Stalin rayonidagi ko‘p idoralar o‘z ishlarini o‘zbek yangi alifbosiga ko‘chirib yubordi. Bundan tashqari, rayon sho‘rosining qoshida ikkita o‘zbekchani o‘rganish kursi ochilib, rayondagi o‘zbekchani bilmagan rus o‘rtoqlar 100 protsent qatnashdilar. Stalin rayon O‘zbeklashtirish komissiyasi va raykomning qat’iy rahbarligi soyasida rayonda 7 ta idoradagi 225 nafardan ortiq xizmatchilarning faqatgina 27 nafari o‘zbekchani bilmaydi, xolos. Ular ham o‘qib yotirlar”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 16-may sonidan lavha

    “O‘zbeklashtirish ishlariga jiddiy e’tibor” xabari ham “o‘zbeklashtirish degani nima o‘zi?” degan savolga qisman javob bo‘la oladigan yana bir manbadir: “Marhamat rayonidagi idoralarning ko‘plarida oliy rus millatchiligi va ularning bergan suvlari bilan mahalliy millatchilik ko‘rinishlari bichiqib yotibdir. Dehqonlarning har soatlik ishlari tushib tura turgan kolxozsoyuz, MTS, rayon matlubot idorasi, moliya shu’basi, suv xo‘jaligi, bank va boshqa shunga o‘xshagan 16 ta idorada ishlab turgan 210 nafar xizmatchidan faqatgina 15 nafari o‘zbekchani biladir, xolos. Bularning ichida o‘zbeklar faqat 2 nafargina. Ayniqsa Marhamat mehnatkashlarining o‘zbek, qirg‘iz, qozoq va boshqa har xil millatlardan bo‘lishi yerlilashtirish masalasini yana ham qat’iy qilib qo‘yadir”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 16-may sonidan lavha

    Yana bir marta alohida eslatib o‘tamiz — yuqoridagi har ikkala iqtibos 90 yil avvalgi sovet gazetasidan.

    60 yil avval. 16-may, chorshanba

    “Qizil O‘zbekiston”dagi bosh maqola “Pravda” gazetasining 50 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar vaqtida SSSR jurnalistlari oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan. “Partiyaning dastyori bo‘lish — ulug‘ baxt, buyuk sharaf” maqolasining quyidagi, Nikita Xrushchyovdan iqtibos keltirilgan qismi e’tiborga molik: “Siz, jurnalistlar, juda ham yaxshi ishladingiz, lekin kibrlanmanglar. Shuncha maqtovdan keyin, biz endi Xudoning soqolidan tortishga ham qodir bo‘libmiz, deb taltayib ketmanglar. Bizning gazetalarimizda g‘o‘r narsalar hali juda ko‘p”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 16-may sonidan lavha

    Gazetaning shu sonida tovuqboqar talonchilar haqida qisqa xabar berilgan. Aniqlanishicha, bosh tovuqboqar Mamadi Oqilov va uning ham qarindoshi, ham sherigi bo‘lgan boshqa tovuqboqarlar “ko‘pincha tuxumni kam ko‘rsatib kelgan”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 16-may sonidan lavha

    Shu kunlarda chet elliklarning rasmiy matbuotimizda beriladigan O‘zbekiston haqidagi fikrlari odatda qanday bo‘ladi? “Yurtingizda yaratilgan sharoitlarga, mazali taomlaringizga, shirin-shakar mevalaringizga gap yo‘q” va hokazo, va hokazo. O‘zbekistonga kelgan chet elliklar, aftidan, har doim shunday fikr bildiradi. Har holda, bundan 60 yil avval ham shunday bo‘lgan ekan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 16-may sonidan lavha

    Braziliyalik Sebastyan de Oliveyra Ersen aytyapti: “O‘zbekistonda ko‘p narsalar bizni maftun etdi. Bularning hammasini birma-bir sanash qiyin. Sizning bolalaringiz baxtli hayot kechirayotirlar. Haqiqiy hayot ana shunday bo‘lishi kerak”. Angliyalik o‘qituvchi Diana Levin: “Milliy taomlarning turi juda ko‘p. Dunyoda eng lazzatli bo‘lgan mevalar O‘zbekistonda bitar ekan”.

    30 yil avval. 16-may, shanba

    “15-may kuni Toshkentda Mustaqil Davlat Hamdo‘stligi mamlakatlari rahbarlari, boshliqlarining uchrashuvi ochildi. Unda MDHga a’zo bo‘lgan barcha mustaqil respublikalarning delegatsiyalari ishtirok etmoqda”, — deya boshlanadi “Xalq so‘zi” va “O‘zbekiston ovozi” kabi barcha markaziy gazetalarda bir xil matn va sarlavha (“Umidbaxsh muzokaralar”) bilan bosilgan boshqa maqola.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 16-may sonidan lavha

    Maqolada ta’kidlanishicha, “sobiq SSSRning mol-mulkini taqsimlash, kutilganidek, juda qiyin masala bo‘lib chiqdi. Bu xususda har bir delegatsiyaning o‘z fikri bor edi. Shunday bo‘lishi qonuniydir. Raislik qiluvchining taklifiga binoan, bu muammoni muhokama qilish qoldirildi”.

    Uchrashuvda kutilmagan hodisalar ham bo‘lgan. “Majlis qizg‘in o‘tayotgan bir paytda, davlat boshliqlari kengashayotgan zalda birdan qandillar tebrana boshladi. Rahbarlar hayron bo‘lib qolishdi. Shu payt Islom Karimov o‘zini juda xotirjam tutib, bunday dedi: ‘Bu kuchsiz zilzila xolos. Biz ishlayotgan bino zilzilaga bardoshli. Ishni davom ettiramiz!’”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 16-may sonidan lavha

    Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni Toshkentda 3—4 ballik zilzila sezilgan. Uning epitsentri Andijon shahridan 30—40 kilometr masofada bo‘lib, zilzila kuchi Andijonda 6—6,5 ball, O‘shda 6 ball, Farg‘ona va Namanganda 5—6 ballni tashkil etgan. Ya’ni, Toshkentdagi sammit ishtirokchilari xavotirga tushib qolishiga yaxshigina asos bo‘lgan.

    Tabiat hodisalari haqida so‘z borarkan, aprel oxiri — may boshidagi kuchli yomg‘ir va shamollar mayning o‘rtalarida yana takrorlanganiga e’tiborni qaratish o‘rinli bo‘lsa kerak. Buxoroda qaytalangan tabiiy ofat taxminan 150 million so‘m zarar yetkazgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-may sonidan lavha

    Namanganda jalaga aylangan yomg‘ir “qisqa muddatli, ammo beayov” bo‘lgan; yomg‘ir keyinchalik do‘l ko‘rinishini olgan. “Yangiqo‘rg‘onda yog‘ingarchilik behad kuchli bo‘lgan”. Yozishlaricha, tabiiy ofat oqibatida viloyatda 1730 xonadon jiddiy zarar ko‘rgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-may sonidan lavha

    “Hokim saylanadimi yoki tayinlanadimi?”. Bu bundan 30 yil avval “O‘zbekiston ovozi” gazetasida e’lon qilingan suhbatning sarlavhasi. O‘tgan 30 yilda hokimlarni saylab, tayinlash an’anasi qariyb o‘zgarmagani hisobga olinsa, muxbirning “Yana hokimlikdan tag‘in yakka hokimlikka o‘tishmi?”, “Bugungi hokimliklar boshqaruvning avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik usuli saqlanib qolishiga zamin yaratmaydimi?”, “‘Hokim saylandimi, tayinlandimi?’ degan savollar tug‘ilyapti, bunday olganda mana shu ‘ikki tomonlama amal qilish’ning o‘zigina demokratiya hozirdanoq buzilayotganining bir ko‘rinishi emasmi?”, “Hokimni kim saylaydi — xalqmi, deputatlarmi?” kabi savollari favqulodda qiziq ko‘rinadi.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 16-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda muhokama qilinadigan Qrim masalasi, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida suv muammosi, “ertaga tramvaychilar ish tashlarmish”. O‘zbek matbuoti 14-mayda nimalar haqida yozgan?
    • O‘zbekiston mustaqilligini orzu qilgan Sharof Rashidov, Payariqdagi faqat rahbarlar uyi yoritiladigan qishloq, 10 ta bo‘ri bolasi. O‘zbek matbuoti 13-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

     

    16.05.2022, 07:30   Izoh (0)   82516
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.