Toshkent shahrida Cobalt va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 14-may kuni soat 01:00 larda Amir Temur ko‘chasi va Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida ikki avtomobil — 1997-yilda tug‘ilgan X.O. boshqaruvidagi Spark va 2000-yilda tug‘ilgan A.B. boshqaruvidagi Cobalt to‘qnashgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

YTH oqibatida Spark haydovchisi va yo‘lovchisi 2001-yilda tug‘ilgan M.M. tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.