Daryo

Urganchda avtobus ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Isuzu va Lada o‘zaro to‘qnashgan

1 daqiqa o‘qish38 842 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXX

Xorazm viloyati Urganch shahrida Lada va Isuzu to‘qnashdi, deya xabar bermoqda YHXX axborot xizmati.

Foto: YHXX

Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 12-may kuni soat 14:30 larda Xorazm viloyati Urganch shahri Al-Xorazmiy–Sheroziy–G‘afur G‘ulom ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi A.A. boshqaruvidagi Lada-2194 rusumli hamda haydovchi A.M. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda avtobus yo‘lovchilari M.M. (1961-yilda tug‘ilgan) hamda M.O‘. (2000-yilda tug‘ilgan) tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Lada-2194 rusumli avtomobil haydovchisi olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Urganch shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar