Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Hisor” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon yana qor qoplonini kamera obyektiga muhrladi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda Qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan noyob tur hisoblanadi. Shuningdek, SITES — yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ro‘yxatiga kiritilgan. Ovlash qat’iyan taqiqlangan.

O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Nepal, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Afg‘oniston va Butan kabi davlatlar hududida uchraydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlaganlik uchun jazoni kuchaytirilgani, hayvonot dunyosini muhofaza qilish — hayvonot dunyosi obyektlari hududlarini, turlari va populyatsiyasi yaxlitligini, sonini, ularni yo‘q bo‘lib ketishining va ularga boshqacha zararli ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan.

“Hisor” davlat qo‘riqxonasi ushbu noyob jonivorlarning doimiy yashash joyi hisoblanadi va ularning muhofazasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada ayol o‘zini IIB binosi oldida yoqib yubormoqchi bo‘ldi
Dunyo
Amerikaliklar “Qora juma”da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi
Mahalliy
Toshkentda madaniyat uyi yongani rad etildi. U yerda xodimlar shashlik pishirish uchun ko‘mir yoqqan (video)