Bill Geyts BBC Radio 4 ga bergan intervyusida Ilon Maskka tegishli Twitter bundan ham yomon bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
COVID-19 bo‘yicha tadqiqotlarga ko‘p xayriya qilgani sabab g‘alati da’volar nishoniga aylangan Geyts shunday dedi: "Ba’zida bunday da’volar shunchalik ahmoqonaligidan kulishga majbur bo‘lasiz.
Aytmoqchimanki, men haqiqatan ham odamlarni kuzatib borishni xohlaymanmi? Men vaksinalarga milliardlab pul sarflayman, lekin ulardan pul ishlamayman. Vaksinalar odamlar hayotini saqlab qoladi, ular o‘limga sabab bo‘lmaydi, — deydi u.
Bill Geytsga ko‘ra, u omma oldida bo‘lgan va ba’zi odamlar fitna nazariyalariga tayanib, Geyts ularni (vaksina tarkibidagi maxsus moslama yordamida) kuzatayotganini da’vo qilib unga baqirishgan. Bu milliarder uchun dahshatli hodisa bo‘lgan.
Ilon Mask ijtimoiy media platformasini sotib olganidan keyin Twitter’da bunday asossiz nazariyalar paydo bo‘lishi mumkinmi, degan savolga Geyts shunday javob bergan:
O‘ylaymanki, Twitter bundan ham yomonroq yoki bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin.
Geytsning aytishicha, uni Twitter’da haqorat qilgan milliarder hamkasbi — Ilon Mask unga yaxshi munosabatda bo‘lishi shart emas, bunga hojat yo‘q.
Bill Geytsning dunyoning eng boy odami sifatidagi o‘rnini Ilon Mask egallagan. Geyts, shuningdek, boshqa milliarderlar Ilon Mask, Jeff Bezos va Richard Brenson va boshqalarni boyliklarini xayriya ishlariga sarflashga chaqirdi.
Avvalroq Ilon Mask Twitter’ni sotib olish uchun bir necha milliardga Tesla aksiyalarini sotgani haqida xabar berilgan edi.