Bugungi kunda Rossiyada biznesni sotish oson ish emas, deb yozadi Bloomberg.
Masalan, Emerson Electric rahbari Lal Karsanbxay Chelyabinskda joylashgan Metran Industrial Group bo‘linmasidan voz kechishini e’lon qilgan.
Uning aytishicha, ushbu bo‘limni sotib olish uchun mablag‘ga ega bo‘lgan rossiyaliklar maqbul xaridorlar emas.
Men o‘z biznesimni oligarxga, Rossiya hukumatiga sotmoqchi emasman. Men uni Rossiyadagi boshqaruv jamoamiz va xodimlarimizga sotishni afzal ko‘raman, — dedi Lal Karsanbxay.
Vaziyat Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatishda ko‘plab kompaniyalar duch kelayotgan qiyinchiliklarni ifodalaydi.
Emerson Rossiyada hali ham faoliyat yuritayotgan Ernst & Young va Baker McKenzie kabi xalqaro konsalting va yuridik firmalarga tayanadi, — dedi ijrochi direktor.
O‘lchov asboblari va boshqaruv tizimlarini ishlab chiqaruvchi Metran Group bo‘yicha sotuv kelishuviga erishish uchun to‘qqiz oy vaqt ketishi mumkin.
Bu bo‘lim Emerson sotuvining taxminan 1 foizdan 1,5 foizigacha, ya’ni har yili 275 million dollarni tashkil etgan.
Avvalroq Rossiya prokuraturasi mamlakatdan chiqib ketgan g‘arb kompaniyalarining aktivlari va rahbarlarini hibsga olish bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgan edi.