Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet 2022” yangilangan nashrini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan.
Ro‘yxat 2021-yilning noyabriga nisbatan o‘zgarmagan, biroq ilgari ushbu kompaniyalar budjet daromadlarining 36,4 foizini ta’minlashi prognoz qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40,2 foizgacha oshdi:
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” — 20,2 foiz;
- “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” — 11 foiz;
- “O‘zbekneftgaz” — 2,2 foiz;
- “O‘ztransgaz”— 1,9 foiz;
- Uzbat — 1,3 foiz;
- “Hududgazta’minot” — 1,3 foiz;
- “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” — 0,7 foiz;
- Uz-Kor Gas Chemical — 0,5 foiz;
- UzAuto Motors — 0,5 foiz;
- “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” — 0,5 foiz.
2021-yilning noyabriga nisbatan Uz-Kor Gas Chemical, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi”, UzAuto Motors, Uzbatdan tashqari barcha kompaniyalarning ulushi oshgan.
Avvalroq O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 5,7 mlrd so‘mdan ortiq mukofot pullari to‘lab berilgani haqida xabar berilgan edi.