Jizzax akkumulator zavodi 2022-yilning birinchi choragini zarar bilan yakunladi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Korxonaning uch oylik tushumi 22,7 milliard so‘mni, mahsulotning tannarxi esa 28,5 milliard so‘mni tashkil etdi.
Zavod o‘tgan yil bilan solishtirganda xarajatlarni va valyuta kurslari tufayli yo‘qotishlarni oshirdi.
Shu sababli korxona birinchi chorakni 7,5 milliard so‘m zarar bilan yakunladi. Taqqoslash uchun, 2021-yilning birinchi choragida zarar 3,3 milliard so‘m bo‘lgan edi.
2018-yilda zavodni xususiylashtirish rejalari haqida xabar berilgan edi, ammo 2022-yilga kelib, uning yagona egasi sifatida davlat bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” yil boshidan beri 1,5 trillion so‘m zarar ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.