Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik atletlar hamda ularning murabbiylari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bu haqda “2022-yilda Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi prezident qarorida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Kumush medal sohiblari 3 ming dollar, bronza egalari esa 2 ming dollarga ega bo‘ladi.
G‘olib va sovrindorlarning murabbiylari, shuningdek, atletga yordam bergan boshqa mutaxassislar ham taqdirlanishi belgilangan:
G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan murabbiylar:
- Oltin — 2,5 ming dollar
- Kumush — 1,5 ming dollar
- Bronza — 1 ming dollar
- Oltin — 2 ming dollar
- Kumush — 1 ming dollar
- Bronza — 500 dollar
G‘olib va sovrindorlar:
- Oltin — BHMning 300 barobari (hozirgi vaqtda 81 million so‘m)
- Kumush — BHMning 200 barobari (54 mln so‘m)
- Bronza — BHMning 100 barobari (27 mln so‘m)
- Oltin — BHMning 200 barobari
- Kumush — BHMning 100 barobari
- Bronza — BHMning 50 barobari