“Real” Chempionlar Ligasi yarim finalida “Manchester Siti” ustidan g‘alaba qozonib (3:1), final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda 4:3 hisobida “shaharliklar” g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi o‘yinda esa qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan gol evaziga “Real” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Madrid klubi ikki o‘yinda umumiy 178 daqiqa davomida “Manchester Siti”dan hisobda ortda qoldi, ammo yakunda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Dastlabki bahsda “Manchester Siti” 2-daqiqadayoq hisobni ochgandi, umumiy hisob javob o‘yinining 90+1-daqiqasida tenglashdi.
Karim Benzema tomonidan urilgan 95-daqiqadagi golga qadar “Real” biror marta umumiy hisobda oldinga o‘tib olmagandi.
“Qirollik klubi” 28-may kuni Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul” bilan bahs olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!