• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Shavvol oyida ro‘za tutishning foydalari

    Hadisi sharifdan ma’lum bo‘lishicha, shavvol oyida ro‘za tutishning qator foydalari bor, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasining maqolasida.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Shavvolning olti kunida ro‘za tutishning foydalaridan biri shuki, har yili ushbu hadisi sharifga amal qilgan odam umr davomida ro‘za tutganlik savobini qozonar ekan. Ulamolar Ramazon ro‘zasidan keyin shavvol oyida olti kun ro‘za tutgan kishiga bir yil davomida ro‘za tutganlik mukofoti berilishini bunday tushuntirishgan: “Ma’lumki, shariatimizda hijriy-qamariy taqvim asosida hisob-kitob qilinadi. Shunday ekan, bir hijriy-qamariy yil taqriban 360 kundan iborat. Shunda, o‘ttiz kun Ramazon ro‘zasi o‘nga ko‘paytilganda 10 oy, ya’ni, 300 kun o‘rniga o‘tadi. Shavvol oyining olti kun ro‘zasining o‘n barobari esa 60 kun, ya’ni, 2 oy bo‘ladi. Qo‘shib hisoblaganda, 360 kun (bir yil)ni tashkil qiladi. Natijada, kishi butun yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi. Zero, Alloh taolo Qur’oni Karimda bunday marhamat qiladi:

    مَنْ جَاءَ بِالْحَسَنَةِ فَلَهُ عَشْرُ أَمْثَالِهَا

    “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)...” (An’om surasi, 160-oyat).

    Shuningdek, Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon ro‘zasini tutib, ortidan Shavvol oyida olti kun ro‘za tutsa, xuddi onadan tug‘ilgandek gunohlardan forig‘ bo‘ladi”, – deganlar (Imom  Tabaroniy rivoyati).

    Demak, Ramazondan keyin shavvol oyida ham ro‘za tutish fazilatli ulug‘ ekan. Buning hikmati o‘laroq, mo‘min-musulmonlar Ramazondan boshqa paytlarda ham ro‘za tutib, yanada ko‘proq ajr-savobga erishishlari, qolaversa, Ramazon kelishidan oldin, unga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Sha’bon oyida o‘zlarini ro‘zaga o‘rgatib, ham jismonan, ham ruhan tayyorgarlik ko‘rganlari singari, shavvolda ham bir oy davomida ro‘za tutishga ko‘nikkan ichki a’zolar endi asta-sekinlik bilan taom iste’moliga moslashishi uchun hamdir. Shunday yo‘l tutish inson ruhiga ham, jismiga ham koni foyda. Zero, tabiblar shavvolda birdan o‘zini ovqatga urishni tavsiya qilishmaydi. Balki, ovqat iste’molini asta-sekinlik bilan ko‘paytirishni ta’kidlashadi.

    Bu olti kunlik ro‘zani shavvol oyining ikkinchi kunidan boshlab tutish mumkin. Zero, shavvol oyining birinchi kuni Ramazon hayiti bo‘lgani uchun unda ro‘za tutish taqiqlanadi. Shuningdek, Iydul fitrdan so‘ng darhol ro‘za tutish ham shart emas, balki shavvol oyi davomida tutsa, joiz. Ramazon oyi davomida ba’zi kunlarining ro‘zasini tuta olmagan kishilar, avval o‘sha kunlarning qazosini ado etib, so‘ng olti kunlik ro‘zani tutsalar, ayni muddao bo‘ladi.

    Ammo, bu oyda olti kunlik nafl ro‘zani tutib, Ramazondan qolgan qazolarni undan keyin yoki boshqa oylarda tutsalar ham zarari yo‘q. Lekin ulamolarning tavsiya qilishlaricha, shavvol oyida tutiladigan olti kunlik nafl ro‘zani ketma-ket emas, balki har haftada ikki kundan tutish fazilatdir. Ayniqsa, dushanba va payshanba kunlari tutilsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Zero, bu kunlarda tutilgan ro‘zaga qo‘shimcha qilib, o‘sha kunlardagi ro‘za tutganlik ajri ham yoziladi, inshaalloh. Bundan tashqari, qazo bo‘lgan ro‘zalarni ham mazkur oyda tutish bilan bu muborak oydagi fazilatlarga erishiladi.

    Shavvolning olti kunida ro‘za tutishning yana foydalaridan biri shuki, bu o‘z mohiyati bilan musulmon kishining ro‘zadan zerikmaganiga, balki unga rag‘bati kuchliligidan dalolat qiladi. Zero, bu oydagi ro‘zaning hikmati haqida Ibn Rajab (rahmatullohi alayh) bunday degan: “Ramazon oyidan keyin ro‘za tutib yurishga odatlanish – Ramazon oyi ro‘zasining qabul bo‘lgani belgisidir. Chunki Alloh taolo bandasining biror amalini qabul qilsa, undan keyin uni (boshqa) solih, xayrli ishlarga boshlaydi, davomli qiladi”.

    Mavzuga doir: Ro‘za tutishning inson organizmiga ta’siri qanday?

    05.05.2022, 19:41   Izoh (0)   23310
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Iste’mol sodasidan ro‘zg‘orda unumli foydalanish bo‘yicha foydali tavsiyalar

    05.05.2022, 14:30

    Uy sharoitida folgadan foydalanishning siz bilmagan 15 xil noodatiy usuli

    03.05.2022, 11:58

    Ochiq qoldirish — xato: soyabonni qanday qilib to‘g‘ri quritish kerak?

    02.05.2022, 16:47

    Oshxonada bakteriyalar qayerda to‘planadi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?

    02.05.2022, 13:26

    Nafaqat kiyimlarga zarar yetkazadigan, balki kir yuvish mashinasini ham buzadigan kir yuvishdagi xatoliklar

    01.05.2022, 20:46

    Mahsulotlarni uzoq muddat yangidek saqlashga yordam beradigan layfxaklar

    30.04.2022, 11:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.