Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” Chempionlar Ligasi yarim finalida “Real”ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.
Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida oltinchi marta YChL yarim finalida o‘z yurishini to‘xtatdi.
Avvalroq ispaniyalik mutaxassis 2010 va 2012-yilda “Barselona” bilan, 2014, 2015 va 2016-yillarda “Bavariya” bilan ushbu bosqichda musobaqani tark etgan.
51 yoshli mutaxassis bu borada Joze Mourinyoning antirekordini takrorladi. Portugaliyalik murabbiy ham faoliyati davomida 6 marta yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Pep Gvardiola 11 yildan buyon Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kirita olmayapti.
Ispaniyalik murabbiy so‘nggi bor 2011-yilda “Barselona” bilan “shalpangquloq”ni qo‘lga kiritgandi. Pep faoliyati davomida 2 marta ushbu musobaqada zafar quchgan.
11 yil davomida Gvardiola faqatgina bir marta 2020/21-yilgi mavsumda finalga qadar yetib borgan va “Chelsi”ga imkoniyatni boy bergan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!