Qirg‘izistonga kirishda koronavirus bilan bog‘liq qoidalarga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Qayd etilishicha, 1-maydan boshlab Toshkent—Bishkek aviaqatnovi yo‘lovchilaridan, shuningdek, Qirg‘izistonga kirishda COVID-19 ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki PZR-testining salbiy natijasini taqdim etish talab etilmaydi.
Avvalroq koronavirus kasalligi sababli Isroil hukumati mamlakatga kirish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar uchun yangi qoidalarni joriy etgandi.
Eslatib o‘tamiz, respublika komissiyasi qaroriga ko‘ra, 16-mart kunidan boshlab O‘zbekistonga kirishda yangi qoidalar joriy etilgan. Unga ko‘ra, mamlakatga kirishda vaksina olgan chet elliklardan PZR test talab qilish bekor qilingan. Bundan avval majburiy ravishda ekspress-test topshirish talabi bekor qilingandi.
Mavzuga doir:
- Uzbekistan Airways Latviyaga kirishda yangi tartib joriy etilganini ma’lum qildi
- Ozarbayjon va Hindistonga kirishda yangi qoidalar o‘rnatilgani ma’lum qilindi
- TIV Misrga kirishda yangi qoidalar o‘rnatilganini ma’lum qildi
- Uzbekistan Airways Janubiy Koreyaga kirishda yangi qoidalar o‘rnatilganini ma’lum qildi
- Uzbekistan Airways AQShga kirishda qo‘shimcha talablar qo‘yilgani sabab fuqarolarni ogohlantirdi