Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShga borayotgan yoki tranzit orqali o‘tadigan yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha talablar qo‘yildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar parvozdan kamida 24 soat oldin topshirilgan manfiy javobli PZR testi talab qilinadi. Shuningdek, yo‘lovchilar maxsus attestatsiya varaqasini to‘ldirishi va ro‘yxatdan o‘tish paytida uni bosma shaklda taqdim etishi shart.

AQShga borayotgan yoki tranzit orqali o‘tadigan yo‘lovchilar, kelishlaridan kamida 15 kun oldin COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganini tasdiqlaydigan guvohnomaga ega bo‘lishi kerak. Quyidagi vaksinalar qabul qilinadi: AstraZeneca (SK Bioscience), AstraZeneca (Vaxzevria), Covishield, Covaxin, Janssen, Moderna (Spikevax), Pfizer-BioNTech (Comirnaty), Sinopharm va Sinovac.

Ushbu vaksinalarning kombinatsiyasi (o‘zaro qo‘llanilishi), agar ular kamida 17 kun oralig‘ida kiritilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi. Bu:

  • AQSh fuqarolariga;
  • AQShda yashash guvohnomasiga ega shaxslarga;
  • 18 yoshga to'lmagan yo‘lovchilarga;
  • sog‘lig‘i sababli vaksinani ololmasligini tasdiqlovchi shifokorning maktubiga ega yo‘lovchilarga;
  • AQSh, boshqa hukumat yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taqdim etilgan taklifnoma xati yoki boshqa rasmiy hujjatga ega, xizmat yuzasidan sayohat qilayotgan yo‘lovchilar uchun amal qilmaydi.
AQSh fuqarolariga muddati o‘tgan pasport bilan kirishga ruxsat beriladi. Bu kelishi bilan amal qilishi kerak bo‘lgan vaqtinchalik pasportlarga taalluqli emas. Yo‘lovchilar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish yoki karantinga olinishga majbur bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda