Kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli Qamchiq dovoni vaqtincha yopilgan edi. “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulovning ma’lum qilishicha, dovonda harakat qayta tiklangan.
Ma’lumot uchun, dovonning 206-kilometrda sel oqimlari kuzatilgan. Shu sababdan yo‘lning bir tomonida yig‘ilib qolgan sel qoldiqlarini tozalash maqsadida Qamchiq dovoni vaqtincha yopilgandi.