Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yo‘lning dovondan o‘tgan 206-kilometrda sel oqimlari kuzatilgan. Shu sababdan yo‘lning bir tomonida yig‘ilib qolgan sel qoldiqlarini tozalash maqsadida Qamchiq dovoni vaqtincha yopilgan.
Hozirda FVV rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Qisqa muddatlarda dovondagi harakat qayta tiklanadi.
Izoh (0)