Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-may kuni tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
“Tibbiyot tizimidagi islohotlarimizni odamlar, birinchi navbatda, tez tibbiy va shoshilinch yordamda bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rgandagina his qiladi. Inson sog‘lig‘i va uning hayotini saqlab qolishda ‘oltin soat’ oralig‘ida birinchi yordam ko‘rsatuvchi bo‘g‘in, albatta, tez tibbiy va shoshilinch yordam hisoblanadi.
Aytish joizki, ushbu soha umuman e’tibordan chetda qolib ketgan edi. Mana, so‘nggi besh yilda ushbu hayotiy muhim sohalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha katta ishlarni boshladik”, — degan davlat rahbari so‘zining avvalida.
Jumladan, bu davrda:
- 2 224 ta yangi tez yordam mashinalari olib berildi yoki transport parkining 80 foizi yangilangan;
- zamonaviy reanimatsiya mashinalari soni 24 tadan 435 taga ko‘paytirilgan;
- bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 16 baravarga, dori-darmon turlari 20 tadan 45 tagacha oshirilgan.
Mavzuga doir: