2022-yil 2-maydan 3-mayga o‘tar kechasi Nyu-Yorkda an’anaviy Kostyum instituti bali bo‘lib o‘tdi. Met Gala moda sanoatidagi eng muhim voqealardan biri hisoblanadi — yulduzlar tomoshabinlarni hayratda qoldirish maqsadida ushbu oqshom uchun liboslarni diqqat bilan tanlaydi. Bu yil marosimning mavzusi “Tillarang jozibadorlik” bo‘lib, bu nafaqat yorqin liboslarga, balki XIX asr oxiri modasiga ham tegishli. Ushbu tantanali oqshomda tillarang liboslar ko‘p kiyildi, yulduzlar esa mavzuni maksimal darajada yoritishga harakat qildi, deb yozadi Grazia.
Misol uchun, qizil yo‘lakka birinchilardan bo‘lib Bleyk Layvli chiqdi – yulduzga tadbirni eri Rayan Reynolds bilan olib borish ishonib topshirilgan. Aktrisa ulkan oltin bant bilan bezatilgan bejirim libosda paydo bo‘ldi.
Bleykning ortidan Kayya Gerber qizil yo‘lakka chiqdi va u ushbu tantanali oqshom uchun qanday kiyinish kerakligini namoyon qildi. Yosh model 70-yillar uslubidagi yorqin ko‘ylakni tanladi, u obrazini jingalak soch turmagi bilan to‘ldirdi.