“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
11:57, 03.08.2021 20736

Hashamatli va yaltiroq: Yulduzlarning ko‘zni qamashtiruvchi tilla rang liboslari (foto)

Qizil yo‘lakda tilla rang matodan tikilgan ko‘ylak bilan ko‘rinish bergan aktrisa va modellar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Irina Sheyk

Foto: Cosmopolitan

Model 2018-yildagi Met Gala marosimiga Versace brendidan libos kiyishni afzal bilgan. Tilla rang matodan etaklari allambalo qilib tikilgan ko‘ylakni, shu rangdagi choker va bilaguzuk bilan moslagan.

Bella Hadid

Foto: Cosmopolitan

Bellaga har qanday libos yarashaveradi. Ammo 2018-yil Bvlgari’ning kechki ziyofati uchun tanlagan ko‘ylagi uni har doimgidan ham o‘zgacha ko‘rsatgan. U assimetrik shaklda bichilgan, uzun va tillarang libos bilan minimal uslubdagi poyabzal hamda kumush rang taqinchoqni umumlashtirishni ma’qul bilgan.

Kim Kardashyan

Foto: Cosmopolitan

Kim har bir marosim va tadbir uchun alohida tayyorgarlik ko‘radi. 2018-yildagi Met Gala kostyumlar baliga u qomatiga urg‘u berib turadigan tilla rang ko‘ylak kiygan. Oshirib yubormaslik uchun esa taqinchoqni ingichkasidan tanlagan.

Bleyk Layvli

Foto: Cosmopolitan

Bir vaqtlar qizil yo‘laklarni bezab turgan Bleyk bugungi kunda tadbir va marosimlarda kam ko‘rinish beradi. 2017-yildagi Met Gala’ga kiyib kelgan libos esa eng yorqin obrazlardan biri sifatida yodda qolgan. Moviy rang patlar bilan qoplangan shleyfi bor tilla rang libos, atrofdagilar e’tiborini o‘ziga jalb qilmay qolmagan.

Jasmin Tuks

Foto: Cosmopolitan

Jasminning libos borasida ajoyib tanlov qilgan. Uning uncha yorqin bo‘lmagan tilla rang matodan tikilgan libosi yanada sarvqomat ko‘rinishiga hissa qo‘shgan.

Margo Robbi

Foto: Cosmopolitan

Margo esa oddiy bichimli, yengi uzun libos bilan kichkina qora sumka tutishni afzal bilgan. Sochining rangi esa tilla rang ko‘ylagi bilan uyg‘un bo‘lib turgan.

Rozi Xantington-Uaytli

Foto: Cosmopolitan

Rozi 2019-yildagi The Fashion Awards’ga ortiqcha bezaksiz, uzun ko‘ylak tanlagan. Sochini tepadan turmaklagani va ortiqcha taqinchoq taqmagani bir vaqtning o‘zida ham sipo ham hashamatli ko‘rinishiga sabab bo‘lgan.

Emma Stoun

Foto: Cosmopolitan

Emma 2017-yilgi “Oskar” taqdirlash marosimi uchun eski Gollivud yulduzlarining obrazidan ilhomlangan. Givenchy Couture brendining libosi hamda uzun sirg‘a bilan bashang va dilbar ko‘ringan. Qizil qizil pomada surtib sochini nomiga jingalak qilgani ham o‘ziga juda yarashgan.

Mishel Dokeri

Foto: Cosmopolitan

Mishel ham hashamat bilan oddiylikni umumlashtirishga muvaffaq bo‘lgan yana bir yulduz sanaladi. Oddiy, yelka qismi ochiq libosi, soch turmagi va taqinchoqlari obrazning mukammal bo‘lishini ta’minlagan.