“Real” hujumchisi Karim Benzema Chempionlar Ligasi yarim finali javob bahsidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda (3:1) gol urdi.
Karim 2021/22-yilgi mavsum “Real” safida 43 ta o‘yinda 43 ta gol urdi. Bu borada fransuz Alfredo di Stefano (1956/57-yilgi mavsum, 43 ta gol) va Ugo Sanchesning (1986/87-yilgi mavsum, 43 ta gol) rekordini takrorladi.
Bir mavsum davomida eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord Krishtianu Ronalduga tegishli. Portugaliyalik hujumchi 2014/15-yilgi mavsum “Real” safida 61 ta gol urgan edi.
Benzema “Real” safidagi barcha gollari sonini 322 taga yetkazib, to‘purarlar bahsida uchinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rindagi Raulga yetib olishi uchun Karimga bitta gol kifoya qiladi. Ispaniyalik sobiq futbolchi hisobida 323 ta gol mavjud. Krishtianu Ronaldu 450 ta gol bilan “Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.