Buyuk Britaniya Rossiya jismoniy shaxslar va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Ro‘yxatga 63 nafar jismoniy shaxs va kompaniyalar kiritildi. Bu haqda mamlakat hukumatining rasmiy saytida ma’lumot berilgan.
VGTRK boshlovchisi Nailya Asker-Zade, harbiy muxbirlar Yevgeniy Poddubniy va Aleksandr Kots, “Rosneft” vitse-prezidenti Mixail Leontyev, Birinchi kanal direktorlar kengashi rahbari Maksim Oreshkin, “Otkritiye” banki boshqaruv kengashi raisi Mixail Zadornov Buyuk Britaniyaning sanksiyalariga uchradi.
Shuningdek, VGTRK, “Kamaz” kompaniyalari hamda Gennadiy Timchenkoning Volga Group investitsion kompaniyasiga ham taqiqlar qo‘yilgan.
Bundan tashqari Buyuk Britaniya mahalliy tashkilotlarga Rossiyaga boshqaruv konsaltingi, buxgalterlik ishi va piar yo‘nalishlarida xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlagan.
Ukrainada urush boshlanganidan keyin Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 18 marta kengaytirgan. Ayni vaqtda Birlashgan qirollik ro‘yxatida 1,4 mingga yaqin jismoniy shaxslar va kompaniyalar mavjud.