Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlari vaziri Jeyms Xippi “Ukraina tuprog‘ida o‘lim va qon to‘kilishiga bevosita hissa qo‘shadigan ta’minot zanjirlarini uzish” maqsadida Ukrainaning Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishini “mutlaqo qonuniy” deb atadi.

Foto: “Life.ru”

Foto: “Life.ru”

Vazirning aytishicha, buning uchun Britaniya tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanilgani muammo sanalmaydi, deb yozadi The Guardian.

“Bizning (Britaniya) qurollarimiz ukrainaliklar tomonidan Rossiyaning qonuniy harbiy nishonlariga qarshi qo‘llanilishi maqbulmi, degan savol tashlanmoqda? Nishonni qurol ishlab chiqaruvchi yoki eksport qiluvchi emas, balki ukrainaliklarning o‘zi tanlaydi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan BBC.

Xippining ta’kidlashicha, xuddi shu darajada Rossiyaning ta’minot zanjirlarini yo‘q qilish uchun G‘arbiy Ukrainadagi nishonlarga zarba berishi qonuniydir. “Bu urushning bir bo‘lagi”, — dedi u.

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh viloyatlari, jumladan Belgorod va Bryansk viloyatlari rasmiylari Ukraina tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilayotgani haqida xabar bermoqda. Ukraina odatga muvofiq bu ayblovlarga izoh bermayapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi