• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayden AQSH kongressidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 33 mlrd dollar ajratishni so‘radi

    AQSH prezidenti Jo Bayden kongressga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 33 milliard dollar ajratish yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda AQSH prezidenti administratsiyasidagi manbasiga tayanib Reuters xabar bergan. Keyinroq AQSH prezidenti Oq uyda mazkur qarori haqida bayonot qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Mazkur qonun loyihasi Ukrainani erkinlik kurashida qo‘llab-quvvatlashimiz uchun kerak. Ushbu kurashning tovoni arzon emas, lekin zo‘ravonlikka taslim bo‘lishning qiymati yanada qimmat”, — deyiladi Baydenning bayonotida.

    Umumiy mablag‘ning 20 milliard dollari qurol-yarog‘ va harbiylar ta’minotiga sarflanadi, shuningdek, boshqa harbiy texnikalar xaridi va olib kelinishi uchun ishlatiladi, 8,5 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy ko‘mak, 3 milliard dollar esa gumanitar yordam va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi.

    “Bu ukrainalik harbiylar va politsiyaga tezkor ravishda zarur qurilmalar, o‘q-dorilar, bronetexnika, o‘qotar qurollar yetkazilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, minalashtirish va dronlar tizimlariga taqdim qilinadi. Iqtisodiy yordam inqirozga qarshi kurashayotgan va fuqarolariga asosiy xizmatlar ko‘rsatilishiga mas’ul bo‘lgan Ukraina hukumatini to‘g‘ridan to‘g‘ri budjet ko‘magi bilan ta’minlaydi”, — deya qayd etgan Bayden o‘z bayonotida.

    Bundan tashqari, Bayden AQSH kongressidan rossiyalik oligarxlarning muzlatilgan mol-mulkidan Ukrainaga yordamni moliyalashtirishni so‘ragan.

    Shuningdek, Bayden kongressdan Rossiya bilan korrupsion kelishuvlar orqali pul yuvish operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun besh yildan o‘n yilgacha qamoq jazosi tayinlash yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni ham iltimos qilgan.

    “Mazkur takliflar davlatimiz tomonidan xalqaro hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan choralar, jumladan, rossiyalik oligarxlar aktivlarini tergov qilish, sud tartibida musodara qilish va bu orqali ulardan Ukraina uchun foydalanishni jadallashtiradi”, — deyilgan bayonotda.

    Reuters’ning qayd etishicha, 24-fevraldan AQSHning Ukrainaga umumiy yordami miqdori 3 milliardni tashkil qilgan. Bu vaqt ichida personal sanksiyalar doirasida muzlatilgan mablag‘lar miqdori esa 30 milliard dollar.

    AQSH oxirgi haftalarda Ukrainaga yordamlarni yanada ko‘paytirgan. 21-aprelda Bayden Ukrainaga 800 million dollarlik navbatdagi yordam paketi yetkazilishini e’lon qilgan, ushbu ko‘makka taktik dronlar, gaubitsalar, artilleriya snaryadlari partiyasi kirgan.

    24-aprelda Pentagon rahbari Lloyd Ostin va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga kelgan, bu yerda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, mamlakat mudofaasi uchun 322 million dollardan ziyod mablag‘ ajratilishini va’da qilgandi. Aprel oyida Vashington Kiyevga umumiy miqdori 1,2 milliardlik navbatdagi harbiy yordam transhi yetkazib berilishi haqida bir necha marta bayonot bergan. Bungacha AQSH Ukrainaga 1,7 milliarddan ziyod pul ajratgandi. Boshqa mamlakatlar ham Ukrainaga harbiy ko‘mak berishda davom etmoqda.

    Zelenskiy 23-aprelda Kiyevning hamkorlaridan so‘ralgan qurol-yarog‘larni olishni boshlaganini bildirgan. U gap aynan qaysi davlatlardan yetkazib berilayotgan qurollar haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan. Biroq Ukraina prezidenti og‘ir artilleriya qurollariga talab yuqori ekanligi haqida bir necha marta gapirgandi.

    Kreml Ukrainaga qurol yetkazib berilishi hududdagi vaziyatni beqarorlashtirishi, mamlakatdagi barqarorlik va tartibning tiklanishiga qarshi ishlashini qayd etgan. Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov qurollarning ko‘p qismi bezorilar, millatchilar, terrorchilar va sobiq mahbuslar qo‘liga tushishi mumkinligidan xavotirdaligini aytgan. Moskva 25-aprelda Vashingtonga norozilik notasi yo‘llagan va unda Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatishini talab qilgan.

    29.04.2022, 09:05   Izoh (0)   9521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urush tufayli Germaniyada inflyatsiya 40 yillik rekord darajada ko‘tarildi

    29.04.2022, 06:24

    Kongoda Ebolaga qarshi emlash boshlandi

    28.04.2022, 21:32

    AQSH Kongressi Rossiyaning musodara qilingan aktivlarini Ukraina foydasiga yo‘naltirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

    28.04.2022, 20:35

    Finlyandiya Rossiya gazi uchun rublda to‘lashdan bosh tortdi

    28.04.2022, 20:22

    AQSH Afg‘onistonda 7 milliard dollarlik harbiy texnikalarini qoldirib ketgan

    28.04.2022, 19:58

    Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri Rossiyaning Yevropa Ittifoqiga yoqilg‘i sotishdan olgan daromadi qariyb ikki baravar oshdi

    28.04.2022, 19:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.