Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Agrobank” qishloq xo‘jaligi sohasi vakillarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yana bir yangi loyihani amalga oshirdi. Loyiha doirasida fermer, dehqonlar va tomorqa egalari uchun mo‘ljallangan 40 ta kitobdan iborat “O‘simliklar himoyasi” to‘plami nashr etildi. To‘plamda o‘simliklar himoyasi, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha eng kerakli ma’lumotlar va tavsiyalar jamlangan.

“O‘simliklar himoyasi” to‘plamida meva-sabzavot, poliz ekinlari, g‘allachilik kabi tarmoqlari va ularda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar haqidagi ilmiy va amaliy ma’lumotlar to‘liq keltirilgan. To‘plamdagi kitoblarninng har biri alohida mavzuga va qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali usullari va vositalari batafsil yoritib berilgan. To‘plamdan yirik fermerlardan tortib, kichik tomorqa egalarigacha foydalanishi mumkin.

To‘plamni yaratishda Toshkent davlat agrar universiteti, O‘simliklar himoyasi va karantini ilmiy-tadqiqot instituti, Nukus agrotexnologiya instituti kabi bilim yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarining 90 dan ortiq ilmiy xodimlari ishtirok etgan. Mutaxassislarning bilimlari ilg‘or xorijiy tajriba uyg‘unligida aks etgan. Ta’kidlab o‘tish lozimki, bank qoshida tashkil etilgan ilmiy guruhda katta tajriba va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar faoliyat olib boradi.

Loyiha mualliflarining fikricha, yangi to‘plam o‘simliklarni himoya qilishni ilmiy qo‘llab-quvvatlash va aholining agrar sohadagi bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi.

Ayni vaqtda “O‘simliklar himoyasi” to‘plami bosqichma-bosqich chop etilmoqda. Kelgusida yurtimizning barcha hududlariga namuna sifatida yetkazib beriladi.

Kitoblarning elektron nusxasini Telegram-bot orqali yuklab olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Andijonda adliya aralashuvidan so‘ng 174 nafar tibbiyot xodimining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi