Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final o‘yini doirasida “Liverpul” va “Vilyarreal” 27-aprel, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limni mersisaydliklar hujumkor ruhda boshladi. 53-daqiqada Jordan Henderson tepgan to‘p Parviz Estupinyanning oyog‘iga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Muhammad Salohning to‘p uzatishidan so‘ng Sadio Mane uchrashuvdagi ikkinchi golni urdi.
Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari dastlabki uchrashuvda ishonchli g‘alabaga erishdi. Jamoalar o‘rtasidagi javob bellashuvi 3-may kuni bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi yarim final o‘yinida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Real” ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
YChL
1/2 final, dastlabki bahs
27-aprel, chorshanba
“Liverpul” Angliya – “Vilyarreal” Ispaniya 2:0
Gollar: 1:0 – 53 Estupinyan (avtogol), 2:0 – 55 Mane.“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 81), van Deyk, Konate, Robertson, Henderson (Keyta, 72), Tiago Alkantara, Fabinyo, Saloh, Mane (Diogu Jota, 73), Dias (Origi, 81).
“Vilyarreal”: Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan (Trigeros, 72), Lo Chelso, Koklen (Pedrasa, 57), Kapu, Parexo (Orye, 72), Danjuma (Pako Alkaser, 86), Chukvueze (Dia, 72).
Ogohlantirishlar: van Deyk (32), Estupinyan (47), Lo Chelso (62).
Izoh (0)