Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki bahsida “Real” “Manchester Siti”ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Madridliklar Chempionlar Ligasida 2019-yildan buyon ilk marotaba bir o‘yinda o‘z darvozasidan 4 ta to‘p olib chiqdi. 2019-yil 5-mart kuni Madrid klubi “Ayaks”ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Shuningdek, “qaymoqranglilar” uchrashuvning dastlabki 11 daqiqasida ikkita gol o‘tkazib yuborib, antirekord qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 2-daqiqasida Kevin de Bryuyne hisobni ochgan bo‘lsa, 11-daqiqada Gabriel Jezus “shaharliklar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Real” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasining dastlabki 11 daqiqasida 2 ta gol o‘tkazib yubordi.
Madridliklar joriy mavsum ikkinchi marotaba o‘z darvozasidan to‘rtta to‘p olib chiqdi. 20-mart kuni “Real” La Liga doirasida “Barselona”ga 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)