• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qurolsizlanish konferensiyasidagi “raketa-payrov”, “ko‘klam ishlari bahona maktablar yopilmasin”, Toshkentga Andijondagi kabi parklar kerak! O‘zbek matbuoti 26-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 26-aprel, seshanba

    “O‘zbekiston Oliy sudining sobiq prokurori Badriddinov prokuraturada va Farg‘onada ishlagan vaqtida sinfiy dushman manfaatiga xizmat qilganligi aniqlanib, O‘zbekiston Ijtimoiy Sho‘ro Jumhuriyati Jinoyat qonunlari majmuasining 63-moddasi bilan ayblanadi”, — deb boshlanadi “Qizil O‘zbekiston”da bosilgan “Badriddinovga sud boshlanadi” sarlavhali xabar. Unda ta’kidlanishicha, “Badriddinov proletariat diktaturasining obro‘li sud apparatini yana kuchaytirish o‘rniga sinfiy dushmanning teskari harakatlarini va sirlarini oshkora qilgan ishchi-dehqon muxbirlari va devoriy gazetalarini ta’qib qilish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Badriddinov o‘zining butun ishlarini boy va mushtumzo‘rlarni himoya qilish asosida olib bordi va quritilgan ‘qosimovchilik’ mafkurasini saqlab keldi”. Prokuror Badriddinov ishi — O‘zbekiston Oliy sudi sobiq raisi Sa’dulla Qosimovga qarshi uyushtirilgan va uning qatl etilishi bilan tugagan “qosimovchilik”ning davomi edi, unga “badriddinovchilik” deb zo‘raki nom berilgani ham shundan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-aprel sonidan lavha

    Qolgan mavzular — odatdagidek, ammo ziddiyatlar ham yo‘q emas. Masalan, “Yosh leninchi” gazetasi Jizzaxda ko‘plab o‘quvchilar kolxoz va sovxozlarga yordam berayotganini olqishlab, “Yordamingizni yana ham kuchaytiring” deb ularni olg‘a boshlagan. Ta’kidlanishicha, o‘quvchilar 140 gektar parnikni tayyorlagan, 2 tonna chigitni tozalagan. “Bundan tashqari, sovxoz, kolxozning madaniy oqartish ishlarini yo‘lga qo‘yib, sovxozda qizil choyxona tashkil qilib qaytdilar. Kolxoz, sovxoz ishchilari o‘quvchilarga rahmat dedilar. Bu komsomol o‘quvchilarining ishidagi zarbdorchiliklarni boshqa maktab o‘quvchilari ham qilishi kerak”, — deyiladi xabarda.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 26-aprel sonidan lavha

    Ayni vaqtda, “Qizil O‘zbekiston” gazetasida “Narkompros qulog‘iga” rukni ostida Piskent tumanida bahorgi ekin-tikin ishlari bahona maktablar yopib qo‘yilayotgani qoralangan. “Piskent rayon tashkilotlari yoppasiga savodsizlikni bitirish haqidagi partiya, hukumat qarorlarini ochiqdan-ochiq buzmoqdalarkim, ko‘klam ekin kampaniyasi boshlanishi bilan qishloqlardagi savodsizlikni bitirish va ijtimoiy tarbiya maktablari ‘ko‘klam ishiga zarba beradi’, degan kayfiyat bilan yopib qo‘yayotirlar. Rayonga qarashli Namuna qishloq sho‘rosidagi uch sinflik ijtimoiy tarbiya maktabi ham savodsizlikni bitirish kurslarini akt tuzib, yopib qo‘ydilar. O‘qish 10-iyunda tamom bo‘lishi kerak, bunga e’tibor qilmaydilar... Savodsizlikni bitirishga to‘suqchilik qiluvchi opportunistlarga ayamay chora ko‘rish kerak. Narkompros yuqoridagi hollarga chek qo‘ysin”, — deyiladi “Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqardilar” sarlavhali xabarda.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-aprel sonidan lavha

    U yoki bu shaxslarga chora ko‘rish zarurligi haqidagi xabarlar faqat yuqoridagi axborot bilan cheklanmagan. Masalan, Zangiotada 100 gektar bedazorga “294 ishchi hayvon” qo‘yib yuborilgan. Shu bois “Yosh leninchi” muxbiri rayon rahbarlik tashkilotlaridan “bunday yaramas ahvollar”ga yo‘l qo‘yib, “bedalarni nobud qilgan”larga “qat’iy va keskin chora ko‘rish”ni so‘ragan.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 26-aprel sonidan lavha

    Sovet mamlakatining asosiy ikki bayramidan biri — 1-mayga hech qancha fursat qolmadi. Bunday “ulug‘ kunlar” arafasi turli obyektlarni foydalanishga topshirish — eskitdan qolgan an’ana. Ammo, bu an’ananing o‘sha zamonlardan beri o‘zgarmay kelayotgan bir jihati borki, u ham bo‘lsa obyektni hech qachon aytilgan bayramgacha to‘liq bitkazib bo‘lmaydi.

    “Shahar sho‘rosi shahar proletariatining sog‘lom yashovining asosiy manbai bo‘lgan yozgi dam olish joylarini, istirohat bog‘chalarini kengaytirish... ishlarini ahamiyatdan pastdan qoldirgan... ‘Forobiy’ parkini va Balandmasjiddagi istirohat bog‘chasini yozga tayyorlash, uni kengaytirish ishi juda bo‘sh boradir”, — deyiladi “Yosh leninchi”ning “Madaniy dam olish joylari 1-may kunigacha tamom tayyorlanishi kerak. Park qurilishi shatakka” sarlavhali materialida.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 26-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”da esa taxminan shu mavzuda Andijondan xushxabar bor. “Andijon O‘rta Osiyoda birinchi va Ikromov nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining birinchi navbatdagi qismini qurib bitirdi. 16 hektar yerda 122 xil bino solindi. Bularning biri — doimiy qishloq xo‘jaligi vistavkasi, 10 pavilyon, 400 kishilik bolalar shaharchasi, sport maydoni, yuzush stansiyasi, hovuzlar, sirk, har xil o‘yinlar, kultbazaning bir kunlik dam olish uyi, musofirxona, choyxona va boshqalar. Shu bog‘ 1-may kuni tantanali ravishda ochilib, sotsializm qurilish programmasini amalga oshirish uchun kurashuvga, Sho‘ro Ittifoqining paxta mustaqilligi uchun va mehnatkashlarning madaniy darajasini ko‘tarish uchun kurashuvga qo‘shiladi”, — deyiladi “Andijon madaniyat va istirohat bog‘i tayyor” sarlavhasi bilan bosilgan xatda.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-aprel sonidan lavha

    Jenevada qurolsizlanish bo‘yicha konferensiya hamon davom etmoqda. “Qizil O‘zbekiston”ning yozishicha, konferensiya yakunlari bo‘yicha qabul qilinajak asosiy hujjatning uchinchi bandi muhokamasi vaqtida Angliya va Fransiya kelisholmay qolgan. Xabar juda rasmiy, ular aynan nimani kelisha olmaganini tushunish qiyin, ammo Ruminiya vakili ularni murosaga chaqirishga uringani qiziq: “Ruminiya delegati Titulesku chiqib, murosa ruhida taklif kirgizdi. Bu kishi e’lon qilgan loyihada hech qanday direktiv bo‘lmay, ikkala boshqa-boshqa nuqtai nazar bir-biriga qo‘shilgandir. Titulesku loyihasi majlisdagi butun xalqni qattiq kuldirdi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 26-aprel sonidan lavha

    Konferensiya vaqtida Angliya va Fransiya aynan nima masala(lar)da kelisha olmagan? O‘zbekistonlik mushtariylar bu ikki davlat o‘rtasidagi kamida bir ziddiyatli masalaning insoniy tildagi bayoni bilan oradan 30 yil o‘tib tashkil etilgan navbatdagi qurolsizlanish konferensiyasi yakunlari bo‘yicha o‘qilgan nutq bahona bilib oladi.

    60 yil avval. 26-aprel, payshanba

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-aprel soni to‘liq yangi saylangan oltinchi chaqiriq SSSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi tafsilotlariga bag‘ishlangan. Muqovaning yarmidan ko‘pi Oliy Sovet Prezidiumini saylash to‘g‘risidagi qaror (shu qaror bilan chinozlik mexanizator Tursunoy Oxunova ham SSSR oliy rahbariyati tarkibidan o‘rin olgan) va Prezidiumning raisi va uning yangi o‘rinbosarlari, Prezidium a’zolari portretlari bilan to‘la.

    <a href=Semyon Budyonniy (yuqoridan ikkinchi) va Rasul Hamzatov (pastdan birinchi) orasidagi Tursunoy Oxunova." data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Semyon Budyonniy (yuqoridan ikkinchi) va Rasul Hamzatov (pastdan birinchi) orasidagi Tursunoy Oxunova.
    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-aprel sonidan lavha

    SSSR hukumati rahbari Nikita Xrushchyov 24-aprel kuni yangi saylangan parlament oldida o‘z vakolatlarini topshirgan. Ertasiga, 25-aprel kuni esa, Xrushchyov SSSRning yangi tuzilgan hukumati rahbari sifatida tasdiqlangan, chunki, deputat o‘rtoq Podgorniy ta’kidlaganidek, “shak-shubha yo‘qki, hamma deputatlar sovet xalqining xohish-irodasini ifodalab, Sovet hukumati boshlig‘i Nikita Sergeyevich Xrushchyovga ishonch bildiradilar”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-aprel sonidan lavha

    Darvoqe, SSSR hukumati tarkibidan O‘zbekiston hukumati rahbari Rahmonqul Qurbonov ham o‘rin olgan (chunki SSSRning o‘sha vaqtda hali amalda bo‘lgan Konstitutsiyasi 70-moddasiga muvofiq, ittifoqchi respublikalar hukumat rahbarlari lavozimlari bo‘yicha SSSR Ministrlar Soveti tarkibiga kiradi).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-aprel sonidan lavha

    Konstitutsiya degandek — eski-yangi hukumat rahbari ishni SSSRning yangi Konstitutsiyasini qabul qilish vaqti kelgani haqidagi nutqdan boshlagan. Uning aytishicha, 1936-yilgi SSSR Konstitutsiyasining “asosiy qoidalari eskirib qoldi va chorak asr mobaynida jamiyatning hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlarni aks ettirmaydi, jamiyatning hozirgi holatiga to‘g‘ri kelmaydi”, unda “Sovet Ittifoqi tashqi siyosatining prinsiplari belgilab berilmagan”. To‘g‘ri, Konstitutsiyaga tuzatish va o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan uning umrini uzaytirish mumkin, ammo “bu tuzatishlar eski binoning uyog‘-buyog‘ini tuzatishdek bir gap bo‘lur edi”.

    Nikita Xrushchyovning tushuntirishicha, “yangi Konstitutsiya umumxalq sotsialistik davlati Konstitutsiyasi, qurilayotgan kommunizm Konstitutsiyasi bo‘lmog‘i kerak. Bu Konstitutsiya mamlakat hayotining yangi tarixiy davriga munosib bo‘lmog‘i lozim” (ma’lumot uchun, Xrushchyov oradan ikki yil o‘tib, 1964-yil oktabridan hokimiyatdan chetlatiladi, 1971-yili vafot etadi, SSSRning yangi Konstitutsiyasi esa 1977-yilga kelibgina qabul qilinadi).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-aprel sonidan lavha

    Oliy Sovetdan kelgan yana bir muhim yangilik — qurolsizlanish bo‘yicha Jeneva muzokaralari to‘g‘risida SSSR tashqi ishlar vaziri, deputat Andrey Gromikoning nutqidir. Bundan 30 yil avvalgi Jeneva qurolsizlanish konferensiyasi vaqtida Angliya va Fransiya nima masalada kelisha olmay qolganini aynan Gromiko bizga qiziq bir yo‘sinda hikoya qilib beradi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-aprel sonidan lavha

    “Ma’lumki, inglizlar suvosti kemalarini hamisha unchalik yaxshi ko‘rmas edilar. Shuning uchun ham ular Fransiyaning jon-tani bo‘lgan suvosti kemalarini yo‘q qilishga urina berdilar. Fransuzlar esa Angliya dengiz flotining iftixori bo‘lgan linkorlarni yemirib tashlashga unday berdilar. Har ikkala tomon o‘zlarining eng kuchli qurol-yarog‘larini qo‘l tegizmay saqlab qolishga har xil bahonalar bilan harakat qildi. Fransiyaning o‘sha vaqtda tashqi ishlar ministri bo‘lgan, har ikkala tomon ishlatayotgan nayranglarni juda yaxshi tushungan Brian bir vaqt zaharxanda bilan bunday degan edi: ‘Angliya dengiz ministrligi La-Manshda baliq ovlamoq uchun linkorlar quryapti, ammo biz shu bo‘g‘ozning tagini tadqiq qilmoq uchun o‘zimizning suvosti kemalarimizni quryapmiz’”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-aprel sonidan lavha

    Gromiko bu bilan 1962-yilgi qurolsizlanish muzokaralarida AQSh tomoni SSSRga nisbatan ilgari surgan talablarni izohlashga uringan: “Raketalar to‘g‘risidagi o‘z takliflarini ilgari surayotgan AQSh vakillari hazilkashlikdan uzoq bo‘lsalar kerak, lekin ularning pozitsiyasi Brian boplab masxara qilgan pozitsiyadan unchalik farq qilmaydi. Ular bamisoli bunday deyishyapti: ‘Sovet raketalari bizga yoqmaydi, bu raketalar juda uzoqqa uchadi va mo‘ljalga juda aniq borib tushadi, bu raketalarni yo‘q qilib tashlash kerak, ammo atom bombardimonchilari joylashtirib qo‘yilgan, butun dunyoda bo‘lgan bizning bazalarimizni esa saqlab qolish kerak’. Xo‘sh, nima uchun — meteorolgik kuzatishlar olib borish uchunmi? Ammo biz ham, agar Brianning payrovi bilan gap qiladigan bo‘lsak, bunday deyishimiz mumkin: ‘Sizlar o‘z bazalaringizni yo‘qoting, o‘z samolyotlaringizni yemirib tashlang, ular osmonni juda ham tutunga bostirib yuboryapti, ammo biz raketalarimizni saqlab qolamiz, bu raketalar bulutlar naryog‘idagi temperaturani o‘lchash uchun bizga kerak’”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 26-aprel sonidan lavha

    Umuman olganda, 1962-yilgi SSSRning o‘z pozitsiyasini tushuntirishi 2022-yildagi ayrim davlatlarning o‘z xatti-harakatlarini oqlashga juda ham o‘xshab ketadi. Go‘yoki, “metodichka”lar 60 yil o‘tsa ham eskirmagandek.

    30 yil avval. 26-aprel, yakshanba

    1992-yil 26-aprel kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

    Mavzuga doir:

    • SSSR rahbariyati tarkibidan o‘rin olgan chinozlik Tursunoy, monopoliyachilarni tanqid qilgan Islom Karimov, najot — terakda! O‘zbek matbuoti 25-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • O‘zXDPning G‘alaba kuniga tayyorgarligi, “tinchliksevar SSSR termoyadro urushiga qarshi”, “G‘irot mingan” Sulaymon Toshkentga kelmoqda. O‘zbek matbuoti 24-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Yadroviy qurolli Qozog‘istonga murojaat, Buxoro amirining O‘zbekistondan surgun qilingan oqsoqoli, Pokistondagi harbiy asirlarni Toshkentga qaytarish masalasi. O‘zbek matbuoti 23-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    26.04.2022, 07:30   Izoh (0)   38381
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.