• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oqdaryoni musobaqaga chaqirgan Qoradaryo, yana bir bor fosh qilingan Amerika razvedkasi, hotamtoy “Anvar-bank”. O‘zbek matbuoti 20-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 20-aprel, chorshanba

    SSSRda sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq deyarli har narsaga musobaqa ruhini berish urf bo‘lgan, mehnat unumdorligini aynan musobaqa usuli orqali oshirishga intilish bo‘lgan. Asosiy qismi paxta masalasiga bag‘ishlangan o‘zbek sovet gazetalarining har sonida u yoki bu kolxoz, u yoki bu korxona ham o‘z xodimlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazayotgani, ham qaysidir boshqa turdosh tashkilotni musobaqaga chorlayotganiga doir xabarlarni ko‘rish mumkin.

    “Qizil O‘zbekiston”ning 1932-yil 20-aprel sonida e’lon qilingan “Qoradaryo Oqdaryo rayonini musobaqaga chaqirdi” xabari bunga bir dalil. “Qoradaryo rayoni Stalin yurishiga qo‘shildi. Yurishning shartlari — yerlarni kamida uch marotaba haydash, o‘z vaqtida ekib bitirish, paxtalarni o‘z vaqtida sug‘orib turish, kolxozlarni tashkiliy-xo‘jalik tomondan mustahkamlash, 32-yil paxta planini ortiig‘i bilan bajarishdir. O‘sha shartlar bilan Oqdaryo rayonini musobaqaga chaqiramiz”, — deyiladi Qoradaryo tumani rahbarlari imzosi bilan e’lon qilingan xabarda.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-aprel sonidan lavha

    Bundan 90 yil avval (umuman olganda, to 1991-yil 1-sentabrga qadar) “borimiz ham, yo‘g‘imiz ham partiya” edi; Kommunistik partiya safiga qo‘shilish bir azob, ayni vaqtda, a’zolikdan mahrum bo‘lish buning tamoman teskarisi. Misol uchun, partiya va Komsomolga 1920-yildan buyon a’zo hisoblangan Nurmat Yusupov “partiyaga kirishda ijtimoiy kelib chiqishini kustar (hunarmand) — kambag‘al deb yashirgani, tekshirilganda uning otasi ilgari bo‘lis (qishloq hokimi) bo‘lganligi, inqilobdan keyin baqqolchilik qilgani, Yusupov komsomolga kirgandan keyin o‘zining savdogar akasi bilan birga turganligi, shuning bilan birga otasi bilan aloqada ekani”, shu bilan “partiyani aldashga uringanligi aniqlangan”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-aprel sonidan lavha

    Yoki bo‘lmasa, O‘zkompartiya Markazqo‘mi tomonidan Chiroqchi rayoniga vakil qilib yuborilgan Vasiliy Golsov “paxta yig‘im-terim kampaniyasidan qochib kelgan”. Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, Yusupov ham, Golsov ham partiya safidan chiqarilgan. Shu bilan ularning siyosiy karerasiga ham nuqta qo‘yilgan, deyish mumkin.

    60 yil avval. 20-aprel, juma

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-aprel soni muqovasida berilgan SSSR yetakchisi Nikita Xrushchyovning Kuba bosh vaziri Fidel Kastroga yo‘llagan xati e’tiborni tortadi: “Kuba revolyutsiyasining muqaddas g‘alabalariga qasd qilgan chet el malaylari — kontrrevolyutsionerlarning bosqinchi shaykalarini Kuba xalqi va uning qurolli kuchlari qaqshatqich sur’atda tor-mor keltirganligiga bir yil to‘lganligi munosabati bilan Sizdan va Siz orqali Kubaning butun qahramon xalqidan Sovet Ittifoqi xalqlarining qizg‘in tabrigini hamda erkin va mustaqil Kubani qurishda yangi muvaffaqiyatlar tilab bildirgan istaklarini qabul qilishingizni so‘rayman”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-aprel sonidan lavha

    Yuqoridagi xatdagi “chet el malaylari” sovet jamoatchiligi nazarida aslida kimning malaylari? Albatta, Amerikaning — u vaqtda yana kim ham bo‘lardi? Gazetaning xuddi shu sonida “chet mamlakatga turist bo‘lib sayohatga borgan vaqtlarida SSSRdan chiqib ketishga qaror qilib, Amerika razvedkasining qo‘liga tushib qolgan”, ammo keyinchalik “SSSRga qaytishga qaror qilgan” ikki kishining iqrornomalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tafsilotlari berilgan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”ning avvalgi sonlaridan birida Toshkentdagi 2-teri kasalliklari dispanseri bosh vrachi Vosiq Muhamedovning “yaramas xulq-atvori ochib tashlangan edi”. 20-aprel kuni esa gazetada vrachning qizi — Mas’uda Muhamedovaning xati e’lon qilingan. “Hozir men Toshkent shahridagi 90-maktabning 10-sinfida o‘qiyapman. Otam bosh vrach bo‘lib ishlaydigan dispanser maktabimiz yaqinida. Ehtimol, men bu bemehr, tosh yurak kishi bilan har kuni uchrasharman. Ammo yuqorida bayon qilingan voqealar tufayli men uni tanimayman. Shu vaqtgacha u menga yordam ham bermagan. Shuning uchun ham men uni ‘ota’ deyishdan hazar qilaman”, deyiladi xatda.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-aprel sonidan lavha

    Darvoqe, qiziq e’lon:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-aprel sonidan lavha

    30 yil avval. 20-aprel, dushanba

    “Toshkent oqshomi”ning 1992-yil 20-aprel sonida shahar hokimining Toshkentdagi ayrim ko‘chalar, maktablar, madaniyat va istirolhat bog‘lari, metro bekatlarini qayta nomlash va yodgorlik lavhalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qarori bayoni e’lon qilingan. Unga ko‘ra Usmon Yusupov ko‘chasi Muxtor Avezov deb, “Ulug‘bek” metro stansiyasining nomi “Minor” deb, “50 let SSSR” metro bekati nomi esa “Ulug‘bek” deb o‘zgartirilgan. Shu vaqtgacha rasmiy nomlari ruscha bo‘lgan metro bekatlarining bari o‘zbekchalashtirilgan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    Toshkent jamoat transportida esa innovatsiya — avtobuslardan biri ko‘chma oshxonaga aylantirilgan. “Buning uchun maxus avtobus va ikki nafar oshpaz ajratildi. Oshpazning biri haydovchilik vazifasini ham o‘taydi”, deb yozadi “Toshkent oqshomi”. Bosh oshpaz va haydovchi Nurmuhammad Tursunovning aytishicha, “hozirgi vaqtda shahar oshxonalari shanba va yakshanba kunlari to‘liq ishlamaydigan odat chiqargan. Ovqatlanish jiddiy muammo bo‘lib qolganligini hisobga olib, biz har kuni milliy taomlar bilan korxonamiz haydovchilarininng xizmatida bo‘lamiz”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    Yangi zamonning yangi banklari — ularning aksariyati o‘z asoschisining nomi bilan ataladi (masalan, Toshkentda Anvar Tillanazarov asos solgan bankning nomi “Anvar-bank”). Boshqa tomondan, ushbu xabar yashirin reklama materialga yaxshi bir misol ham — material “Anvar-bank”ning ehsonlari haqidagi ma’lumotlarga to‘la, lekin uning biror joyida bu reklama, tijorat materiali ekani ko‘rsatilmagan. Buning ham izohi oddiy — u vaqtda hali bunday talab ham bo‘lmagan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    Xorijda nima gap? Kobulda Afg‘oniston vitse-prezidenti Abdurahim Xatef muvaqqqat prezident etib tayinlangan va, aytishlaricha, “shaharda, umuman olganda, osoyishta vaziyat saqlab turilibdi”. Ozarbayjonga 1969—1982 yillarda 13 yil rahbarlik qilgan Geydar Aliyev yana Ozarbayjon rahbari bo‘lish arafasida — uning nomzodi mamlakat prezidentligiga ko‘rsatilgan. “Jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovlarga binoan, u Ozarbayjon siyosiy arboblari orasida eng yuqori nufuzga egadir”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Suriyada bayram, tasavvurlarni kunpaya-kun qilgan Tursunoylar, talabalar soni bo‘yicha Germaniyadan, vrachlar soni bo‘yicha AQShdan o‘zib ketgan O‘zbekiston. O‘zbek matbuoti 19-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Mashinada Makkaga borgan namanganliklar, Falastin masalasiga munosabat, muxolifatchini rahbarlikka tayinlagan Islom Karimov. O‘zbek matbuoti 18-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Mingbuloqda ishlatilgan tanklar, Toshkent tramvayida bomba olib yurganga 20 so‘m jarima, “Yerda jannat barpo etgan zot”ning yubileyi. O‘zbek matbuoti 17-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    20.04.2022, 07:30   Izoh (0)   43623
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.