• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Suriyada bayram, tasavvurlarni kunpaya-kun qilgan Tursunoylar, talabalar soni bo‘yicha Germaniyadan, vrachlar soni bo‘yicha AQShdan o‘zib ketgan O‘zbekiston. O‘zbek matbuoti 19-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” nomli yangi rukn orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 19-aprel, seshanba

    “Qizil O‘zbekiston” va “Yosh leninchi” kabi markaziy gazetalar 1932-yil 19-aprel kuni chop etilmagan.

    60 yil avval. 19-aprel, payshanba

    Sovetlar mamlakati asoschisi Lenin tug‘ilgan kun yaqinlashmoqda, shu bois o‘zbek sovet gazetalari sahifalarida “dohiy”ga bag‘ishlangan madhiyalar ko‘payib qolgan. “Qizil O‘zbekiston”dagi “Lenin g‘oyalarining buyuk hayotbaxsh kuchi” materialida, jumladan, shunday deyiladi:

    “Barcha sovet respublikalari singari Sovet O‘zbekistoni ham lenincha milliy siyosat g‘alabasi tufayli gullab-yashnagan respublikaga aylandi, Sovetlar mamlakatining Sharqdagi mash’ali bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston o‘z sanoati va qishloq xo‘jalik mahsulotini chet mamlakatlarga chiqarmoqda. U dunyodagi 52 mamlakatga, jumladan, chet el Sharqi mamlakatlaridan 13 tasiga mahsulot yuborib turibdi.

    O‘zbekiston yoppasiga savodxon respublikadir. O‘zbekiston har 10 ming aholiga hisoblaganda studentlarning soni jihatdan Sharqdagi kapitalistik mamlakatlardangina emas, balki Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Italiya singari taraqqiy etgan kapitalistik mamlakatlardan ham o‘zib ketdi, vrachlar bilan ta’min etilish jihatidan esa AQSh, Angliya va Fransiyadan o‘zib ketdi. Bularning hammasi butun dunyo xalqlarining yo‘lboshchisi va ustozi V.I.Lenin ulug‘ g‘oyalarining amalga oshirilayotganining yorqin samarasidir”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 19-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 19-aprel sonidan lavha

    Siyosiy tadbirlar Leninning tug‘ilgan kuni bilan kifoyalanib qolayotgani yo‘q — Moskvada Komsomolning 14-qurultoyi davom etmoqda. Unda O‘zbekiston yoshlari ittifoqi raisi M.Ibrohimov ham nutq so‘zlagan. “Yosh leninchi” gazetasi bosgan nutqda, jumladan, shunday deyiladi:

    “O‘sal kishilar to‘rt yil muqaddam, hatto, xotin-qizlarning paxta terish mashinasini egallab olish uchun ommaviy harakatini tashil etish yo‘lidagi urinishlardan kulgan, buni xayolparastlik deb atagan edilar. 1958-yilda bizda faqat Tursunoyning o‘zi paxta terish mashinasini boshqargan bo‘lsa, hozir 3 mingdan ko‘proq qiz boshqarmoqda. Qizlarning paxta terish mashinasini egallab olish yo‘lidagi harakati katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ishga aylandi. Bu harakat eski urf-odatlar va an’analarni, Sharq xotin-qizlari haqidagi noto‘g‘ri fikrlar va tasavvurlarni kunpaya-kun qilmoqda”.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1962-yil 19-aprel sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1962-yil 19-aprel sonidan lavha

    Gazlida O‘zbekistonda kuchli gaz sanoatini vujudga keltirishning yo‘llari muhokamasiga bag‘ishlangan “ilmiy-texnik sayyor sessiya” ochilgan. Tadbirga bag‘ishlangan “Zangori olovni zabt etuvchilar” xabari shunday boshlanadi:

    “Sanoat yo‘li bilan ishga tushirilgan Gazli koni uch oy ichida O‘zbekiston va Qozog‘istonga 60 million kubometr tabiiy gaz berdi. Qizilqumdagi bu konning quvvati bir yildan keyin 25 baravar ortadi. Hozirgi vaqtda Gazlidan shimol tomonga jahonda eng katta Buxoro—Ural gaz quvurining birinchi tarmog‘i yotqizildi. Bu gigant zangori olov magistralining quruvchilari quvurni Chelyabinsk tomonga o‘tkazish uchun Ustyurt platosiga hujum qilmoqdalar. Yetti yillikning oxiriga borib, gaz quvurining Sverdlovskka boradigan ikkinchi tarmog‘i qurilib bo‘lgandan keyin Gazli mamlakatga yiliga 21 milliard kubometrdan ortiq Buxoro gazi beradigan bo‘ladi. Bu miqdor shartli issig‘liq birligi jihatidan uchta Bratsk GESining quvvatiga teng bo‘ladi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 19-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 19-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”ning bu safargi xorij xabarlari asosan pozitiv. Masalan, ulardan biri “Suriya Arab Respublikasining milliy bayrami” deb ataladi:

    “Suriya xalqi ajnabiy qo‘shinlar Suriya territoriyasidan evakuatsiya qilingan kunning 16 yilligini nishonlamoqda. Evakuatsiya kuni bayram qilinishi munosabati bilan 17-aprel kuni Damashqda harbiy parad o‘tkazildi. Suriya Arab Respublikasi prezidenti Nozim Qudsiy, yangi hukumatning boshlig‘i Ahmad Bashir Alazmiy va uning kabinet a’zolari paradda hozir bo‘ldilar.

    Suriya qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni general Zahriddin Damashq radiosi orqali armiyaga va Suriya xalqiga murojaat qilib, Suriya xalqi okkupantlarga qarshi kurashda katta qurbonlar berib qo‘lga kiritgan g‘alabalarni eslatib o‘tdi hamda arab xalqlarini birlik uchun va arablarga qarashli hamma territoriyalarni batamom ozod qilish uchun kurashda o‘z saflarini mahkamroq jipslashtirishga chaqirdi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 19-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 19-aprel sonidan lavha

    30 yil avval. 19-aprel, yakshanba

    O‘zbekistonda 1992-yilning 19-aprel kuni markaziy gazetalar chop etilmagan.

    Mavzuga doir: 

    • Mashinada Makkaga borgan namanganliklar, Falastin masalasiga munosabat, muxolifatchini rahbarlikka tayinlagan Islom Karimov. O‘zbek matbuoti 18-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Mingbuloqda ishlatilgan tanklar, Toshkent tramvayida bomba olib yurganga 20 so‘m jarima, “Yerda jannat barpo etgan zot”ning yubileyi. O‘zbek matbuoti 17-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Bekor yurgan ho‘kizlar, Navoiy urani evaziga 100 ming xalta konfet, O‘zbekiston kelajagiga doir 1992-yilgi bashoratlar. O‘zbek matbuoti 16-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    19.04.2022, 07:30   Izoh (0)   73639
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.