Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ijtimoiy tarmoqlarida Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum erkak avtomobildagi ayolga zo‘ravonlik qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB holatga munosabat bildirib, voqea o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi.

Kadr: Telegram / “Muxbir Daliyev”

Kadr: Telegram / “Muxbir Daliyev”

Ma’lum bo‘lishicha, 16-aprel kuni fuqaro F.E. (videoxabardagi ayol) Quva tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tuman markazida o‘ziga tegishli avtomashinada harakatlanib ketayotgan vaqtida tanishi F.Q. uni to‘xtatib, haqorat qilgani va avtomashinasi yon oynasini qasddan sindirib, zarar yetkazganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro F.Q. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgani aniqlanib, to‘plangan hujjatlar qonuniy hal etishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudiga yuborilgan.

Avvalroq Toshkentda Spark yo‘lini to‘sib qo‘ygan Matiz haydovchisi kaltaklangani, mushtumzo‘rlar qamoqqa olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar