• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol javobgarlikdan ozod etildi

    Toshkent hayvonot bog‘ida 28-yanvar kuni ayol kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgani haqida xabar berilgandi. Oliy sud matbuot kotibi holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

    Qayd etilishicha, 18-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan Z.T. (1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan)ga tibbiy yo‘sindagi majburlov ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini hal qilishga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni o‘z nihoyasiga yetgan.

    E’lon qilingan sud ajrimi bilan Z.T. ijtimoiy xavfli xatti-harakatini aqli noraso holatda sodir etgan, deb topilib, uning Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklari shifoxonasida majburiy davolanishi belgilangan.

    “Ushbu ajrimdan norozi tomonlar 20 sutka muddat ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishga haqli”, — deyiladi xabarda.

    Eslatib o‘tamiz, 28-yanvar kuni soat 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgan. Holat o‘rganilib, kichkina qizaloqni ayiq volyeriga tashlab yuborgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

    Keyinroq SSV yirtqich qafasiga tashlab yuborilgan qizchaning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, 2018-yilda tug‘ilgan qizchaga dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng u tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot bergan. O‘rganishlar davomida hodisa ishtirokchilari 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro Z.T. va uning 2018-yilda tug‘ilgan qizi Z.A. ekani aniqlangan. Z.T. ismli ayol hozirga qadar o‘z otasi, fuqaro Y.T.ga tegishli xonadonda 2 nafar farzandi bilan yashab kelgan. Ayol bilan suhbat davomida uning Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashi, ayni vaqtda Rossiya davlatiga ketgan turmush o‘rtog‘i N.K. bilan hozirda birga yashamayotgani sababli ruhiy tushkunlikka tushib qolgani ma’lum bo‘lgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda esa Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgani aks etgan videolavha tarqaldi.

    Keyinchalik ayiq qafasidan olib chiqilgan qizaloq 18 yoshga to‘lguncha Bolalar milliy tibbiyot markazining doimiy nazoratida bo‘lishi xabar qilindi. 21-fevral kuni qizaloq respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidan uyiga qaytarilgan.

    Fevral boshida Bosh prokuratura ushbu ayol 2021-yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgani ma’lum qilgandi. Mart oyi so‘nggida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol ishi sudga yuborilgan.

    Mavzuga doir:

    • O‘z qizini ayiq qafasiga otib yuborgan onaga qanday jazo beriladi? Huquqshunos tahlili
    • Toshkentda ayiq qafasidan omon qolgan qiz shifoxonadan uyiga qaytdi. Tergov ishlari davom etmoqda
    • Ayiq qafasidan olib chiqilgan qizaloq 18 yoshga to‘lguncha Bolalar milliy tibbiyot markazining doimiy nazoratida bo‘ladi

    18.04.2022, 18:48   Izoh (0)   21784
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 18-aprel kuni kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    18.04.2022, 18:30

    2022-yil boshidan O’zbekistonga pul o‘tkazmalari 3 foizga oshdi

    18.04.2022, 18:27

    “O‘qituvchi majburlab suv ichirgan, ammo barg yedirmagan”. Andijondagi xo‘rlangan o‘quvchi voqeasi haqida

    18.04.2022, 18:13

    Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi tanishi tomonidan urib o‘ldirildi

    18.04.2022, 17:24

    Respublika suv omborlarida yig‘ilgan suv zaxirasi yetarli emas — Suv xo‘jaligi vazirligi

    18.04.2022, 17:11

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

    18.04.2022, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02

    AQSH sud tizimi ma’lumotlar bazasi xakerlar xujumiga uchradi

    Dunyo | 8 avgust, 20:50

    Jiddiy filmlarning suratga olish jarayonida yuz bergan kulgili voqealar

    Kino | 8 avgust, 20:35

    Sun’iy intellekt chatbotlari bilan doimiy muloqot psixozni keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 20:20

    “Real Madrid” Vitinyaga qiziqish bildrimoqda

    Sport | 8 avgust, 20:17

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Samarqandda 2000 ta daraxtni nobud qilgan masʼul jazodan qochish uchun inspektorlarga bosim qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 8 avgust, 20:10

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.